Dunyo rahbarlari, siyosatçilar va milliarderlarning maxfiy boyliklari hamda moliyaviy hujjatlari foş etildi. Yangi ofşor faylga Pandora hujjatlari deb nom berilgan.

Xalqaro jurnalist-suriştiruvçilar konsorsiumi 650dan ortiq jurnalist boşçiligida millionlab fayllarni örganib çiqqan va 35ta hozirgi va sobiq davlat rahbarlari va uç yuzdan ortiq amaldorlar haqidagi ma'lumotlarni e'lon qilmoqda.

Qayd etilişiça:

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va uning oilasi öz mamlakatini talon-toroj qilişda ayblangan. Sönggi yillarda Aliyevlar va ularning yaqin şeriklari Buyuk Britaniyada 400 million funt sterlingdan ziyod mulkiy bitimlar tuzişgan. Xususan, prezidentning 11 yoşli öğli Haydar Aliyev uçun Londonda 33 mln dollarlik mulk xarid qilingan. Mayfeyrdagi yana bir bino esa Ilhom Aliyev oilasiga tegişli Mallnick Holdings tomonidan sotib olingan va bir oy ötib mulk Aliyevlar bilan oilaviy yaqin aloqalari bor Gaydar kompaniyasi tomonidan qayta xarid qilingan.

Iordaniya qiroli Abdulloh II AQŞ va Buyuk Britaniyadan 100 million dollarga maxfiy ravişda köçmas mulklar xarid qilgan. Yigirma yillik hukmronlik davrida doimiy ravişda avtoritarizm ayblovlariga duçor bölgan qirol Kaliforniya va Angliyaning eng markaziy va zamonaviy hududlaridan 15ta uy va kvartiralar sotib olgan. Qirollik huquqşunoslarining ta'kidlaşiça, Abdulloh II barça mulklarni Iordaniya fuqarolarining ehtiyojlari uçun öz şaxsiy jamğarmasidagi mablağlari hisobidan xarid qilgan. Ular ofşor kompaniyalar orqali röyxatdan ötişni xavfsizlik va maxfiylik nuqtayi nazaridan maşhur odamlar orasida keng tarqalgan amaliyot deb ataşgan.

Keniya prezidenti Uxuru Kenyatta va uning oilasining olti a'zosi yaşirin ravişda ofşor kompaniyalar tarmoğiga egalik qilişgan. Ular 11ta ofşor firma bilan aloqa boğlagan — ulardan biri 30 million dollarlik aktivlarga ega bölgan.

Kipr prezidenti Nikos Anastatsiades ta'sisçisi bölgan advokatlik firmasi bir qança ofşor kompaniyalarning haqiqiy egasi bölgan sobiq rossiyalik siyosatçini yaşiriş maqsadida bir qança soxta mulkdorlardan foydalangan bölişi mumkin. Hujjatlar yuridik firma rossiyalik milliarder va sobiq senator Leonid Lebedevga törtta kompaniyaning mulkini yaşirişga yordam berganini aniqlagan. Biroq yuridik firma buni rad etmoqda. Yirik neft magnati bölgan Lebedev energetika sohasida 220 million dollarni özlaştirganlikda ayblagandan keyin Rossiyadan qoçib ketgan. Şuningdek, kiprlik yuridik firma rus pölat magnati Aleksandr Abramov uçun ham ma'lumotnomalar tayyorlaganlikda ayblanmoqda.