Fotogalereya: Samarqandda «Armiya va yoshlar» festivali bo‘lib o‘tdi
Yoshligidan harbiy bo‘lishga, harbiy libos kiyishga qiziqmagan bolakay bo‘lmasa kerak. Yurtimizda ro‘y berayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, bir muddat maxfiylik qobig‘ida bo‘lgan harbiylarimiz ham xalq bilan tobora jipsroq bo‘lmoqda, bir so‘z bilan aytganda, armiyaning eshigi ham xalqimiz, yoshlarimiz uchun ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning qarorlari asosida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan Vatanparvarlik oyligi va unda tashkil etilayotgan tadbirlar yoshlarimizni vatanni sevishga, unga xizmat qilishga bo‘lgan ishtiyoqini bir necha marotaba kuchaytirmoqda.
Sohibqiron Amir Temur saltanatining poytaxti bo‘lmish ko‘hna Samarqandda ham 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni oldidan Markaziy harbiy okrug va Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan «Armiya va yoshlar» festivalida 40 mingga yaqin samarqandliklar ishtirok etishdi.
Festivaldan avvalida harbiy texnikalar va harbiy xizmatchilarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning tantanali ochilishida viloyat hokimi T.Jo‘rayev, Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni, polkovnik A.Saidov va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi R.Qobilov so‘zga chiqishdi.
Registon maydonidan universitet xiyoboni orqali Amir Temur haykaligacha bo‘lgan 4,6 km marafon yugurishida esa 7 mingdan ziyod yoshlar qatnashishdi. G‘oliblar viloyat hokimligi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining esdalik sovg‘alari, hamda diplomlari bilan taqdirlanishdi.
Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatri oldida va unga yondosh Ko‘ksaroy maydonida va harbiy texnikalar va qurol-yarog‘ ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Tashkilotchilarning fikricha, bu tadbirdan ko‘zlangan maqsad armiya kuch-qudratini namoyish etish emas, aksincha, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida vatanarvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishdir.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
23:29 / 04.12.2024
Samarqandda aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 50 tonna ko‘mirni sotgan ombor mudiri ushlandi
16:53 / 02.12.2024
Ishtixonda uch metrlik bo‘g‘ma ilon uyda saqlanayotgani aniqlandi
15:50 / 02.12.2024
Rossiyada yana armiya shtat birligi oshirildi
10:51 / 30.11.2024