Samarqand viloyati, Iştixon tumanida yaşovçi fuqaro B.M. Qizil kitobga kiritilgan, mamlakatga noqonuniy yöllar bilan olib kirilgan «Yölbars pitoni»ni saqlab kelayotgani aniqlandi.

Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi xabariga köra, böğma ilonning uzunligi 2,78 metr, eni 28 sm. Bunday ilonlar tutqunlikda 25 yilgaça umr körişi mumkin.

Qayd qilinişiça, hozir ilon «Zarafşon» milliy tabiat boği reabilitatsiya markazida vaqtinça saqlanmoqda.

Ilonni uyda saqlayotgan fuqaroga qanday çora körilgani xabarda keltirilmagan.