Mudofaa vazirligi og‘ir xastalikka chalingan zaxiradagi harbiyga yordam ko‘rsatdi
Mehr-muruvvat, oqibat xalqimizning qon-qoniga singib ketgan tushunchalardir. Azaldan ehtiyojmand, dardmand insonlarga yordam berish bizda ezgu an'anaga aylangan.
Qurolli Kuchlar tizimida xizmat qilgan, ayni paytda sog‘lig‘i tufayli iste'foga chiqqan serjant Azizjon Ahmedovga shu kunlarda davlatimiz va xalqimiz tomonidan e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda, uning o‘zi ham bu e'tibordan mamnun.
Farg‘ona viloyatining «O‘zbekiston» tumani, Yaypan qishlog‘ida tug‘ilgan Azizjon bolaligidan yurt himoyachisi bo‘lishga orzumand bo‘ldi. Vatan oldidagi xizmatlarini ado etishga intilib, egniga harbiy libos kiydi. Biroq, salomatligi pand berib, Azizjon barvaqt iste'foga chiqadi.
Ma'lumki, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom talablariga muvofiq, serjantlar toifasida harbiy xizmatni o‘tagan hamda nafaqaga chiqqan fuqarolarga harbiy tibbiyot muassasasida davolanish ko‘zda tutilmagan. Biroq Mudofaa vazirligi rahbariyatining insonparvarlik yordami tufayli Azizjonga istisno tarzida shunday imkoniyat yaratildi. Shu kunlarda u Markaziy harbiy klinik gospitalining oshqozon-ichak bo‘limida davolanib, oyoqqa turdi.
\
Bundan oldinroq «Kun.uz» saytida jigar sirroziga chalingan Azizjon Ahmedovning tarixi hikoya qilingan «Nafaqadagi harbiy xizmatni o‘tadi, sog‘lig‘ini yo‘qotdi, ammo davolanishga ojiz» sarlavhali material berilgan va saxovatpesha vatandoshlardan ushbu sobiq harbiyga yordam berish so‘ralgandi.
Mavzuga oid
19:25 / 23.11.2024
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
20:51 / 18.11.2024
“Qurollar qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, milliy g‘urursiz ish bitmaydi” - maktablarga harbiy darslar nega kerak?
18:23 / 07.11.2024
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi
17:54 / 31.08.2024