O‘zbekiston | 08:29 / 18.12.2021
665
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda kam ta’minlangan oilalar soni 3575tani tashkil qiladi

Sirdaryo viloyati aholisi 864 100 nafarni tashkil etib, jami aholining 49,7 foizi ayollar, 23,3 foizi (18-30 yosh) yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Aholining 23 989 nafari nogironligi bo‘lgan shaxslar,

550 nafarini yolg‘iz qariyalar, 4 352 nafarini og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar tashkil etadi.

Viloyatda 159 848 ta xonadon, 219 986 ta oila mavjud bo‘lib, ularning 3 575 tasi kam ta’minlangan, 265 tasi notinch, 2 860 tasi boquvchisini yo‘qotganlar yashaydigan va 12 533 tasi ko‘p bolali oilalar hisoblanadi.

2021-2022 o‘quv yilida oliy o‘quv yurtiga kirgan, ota yoki onasidan biri vafot etgan, shuningdek turmush o‘rtog‘i vafot etgan ehtiyojmand 100 nafar xotin-qizlarning kontrakt to‘lovi viloyat hokimligi, 50 nafariga oliy o‘quv yurtlari tomonidan to‘lab berilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilda 721 nafar xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma berildi.

Mavzuga oid