21:35 / 29.04.2018
13931

London ma'muriyati shaharliklarni zaharli qurtlar tarqalganidan ogohlantirdi 

Foto: Fotolia / Fatmanphotouk

London ma'muriyati shaharda zaharli qurtlar keng tarqalganidan ogohlantirdi, deb xabar bermoqda Daily Star nashri.

Gap zarang ipak qurti lichinkalari haqida bormoqda. Ularning tanasi zaharli moddalar saqlovchi tukchalar bilan qoplangan bo‘lib, bu moddalar insonda toshma, ko‘ngil aynash va nafas siqish xurujlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Qirollik o‘rmon hamjamiyatining ma'lum qilishicha, shahar bog‘laridagi zarang daraxtlarida bu qurtlarning uyalari paydo bo‘lgan. Maxsus xizmatlar qurtlarni tutish uchun qopqonlar qo‘yishmoqda.

Londonliklar bunday qurtlarga nafaqat tegmaslikka, balki o‘z uy hayvonlarini ular bilan aloqaga kirishishdan himoyalashga chaqirilgan.

Mavzuga oid
Top