Maktab o‘quvchilari yakuniy imtihonida kreativ va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlardan foydalaniladi
Joriy yilning may va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 25 mayiga qadar davom etadi.
9-sinf o‘quvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar joriy yilning 1-6 may kunlari o‘tkaziladi. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari hamda skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlari bundan mustasno.
Shuningdek, 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26 mayidan 15 iyuniga qadar tashkil etiladi.
Umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarda muayyan fandan ozod etiladi.
Imkoniyati cheklangan maktab-internatlarida tahsil oladigan alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarga ushbu umumta’lim muassasalariga qo‘yilgan talablar asosida o‘tkaziladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim beriladigan barcha tillarda imtihonlar o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun namunaviy imtihon materiallarini hamda baholash mezonlarini tayyorlashni Respublika ta’lim markazi amalga oshiradi.
Imtihon materiallarini ishlab chiqishda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun kreativ va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar kiritilishi inobatga olinadi hamda topshiriq namunalari 2023 yilning 1 apreliga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
16:48 / 04.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun imtihonlarning yagona narxlari belgilanadi
17:32 / 08.08.2024
Davlat imtihonlarida qancha abituriyent 189 va undan yuqori ball olgani ma’lum qilindi
18:54 / 01.08.2024
“O‘lib-tirilib testlarga tayyorlangandik” – bir guruh abituriyentlar Bilimlarni baholash agentligini sudga bermoqchi
07:08 / 23.07.2024