Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida Özbekiston Prezidentining mamlakatda ikkita yangi universitetni taşkil etiş haqidagi qarori e'lon qilindi.
Toşkentda D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining (RKTU) filiali, Andijonda esa Sharda-Özbekiston universiteti taşkil etiladi.
RKTUning filiali öz faoliyatini 2019/2020 öquv yilida boşlaydi. Universitet xalqaro ta'lim standartlari darajasida, işlab çiqariş-sanoat tarmoğida ilmiy-texnologik masalalarni hal qila oladigan yuqori malakali muhandis-texnik xodimlarni tayyorlaş bilan şuğullanadi.
Filialning davlat grantlari asosida ta'lim olgan bitiruvçilari tegişli joylarga kamida 5 yil işlab beriş şarti bilan taqsimlanadilar.
Andijonda taşkil etiladigan Sharda-Özbekiston universiteti ham öz faoliyatini 2019/2020 öquv yilida boşlaydi. Universitet faoliyatining asosiy vazifalari va yönalişlari Sharda (Hindiston) universiteti ta'lim dasturlari negizida barça darajadagi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş, ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etiş va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oşiriş hisoblanadi.
Uşbu universitetda ta'lim Özbekiston davlat ta'lim standartlari talablari hisobga olingan holda universitet tomonidan tasdiqlangan öquv reja va dasturlar böyiça amalga oşiriladi. Oliy ta'lim muassasasining ta'sisçilaridan biri notijorat ta'lim trasti “Sharda Educational Trust” (Hindiston) hisoblanadi. Hujjat loyihasida aytilişiça, ta'sisçi loyihaning iqtisodiy yaşovçanligiga boğliq holda universitetning köp maqsadli kampusini rivojlantiriş uçun 20 yil içida 50 mln dollar miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilişi kerak böladi.
Universitetda ta'lim asosan ingliz tilida va zaruratga köra, özbek va rus tillarida, kunduzgi ta'lim şaklida, tölov-kontrakt hamda yuridik şaxslar tomonidan taqdim qilinadigan ta'lim grantlari hamda xayriya mablağlari asosida olib boriladi.

















