O‘zbekiston | 08:33 / 20.05.2022
5304
2 daqiqa o‘qiladi
Mahallalarda xorijda qurilishda ishlagan migrantlardan iborat qurilish brigadalari tashkil etiladi
Prezidentning “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib O‘zbekistonga qaytib kelgan fuqarolarni ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda qurilish sohasida ishlagan va qaytib kelgan mehnat migrantlaridan mahallalarda qurilish brigadalarini tashkil etish choralarini ko‘radi.
Bunda:
- qurilish-ta’mirlash brigadalari ishlab chiqarish kooperativi shaklida tuzilib, a’zolari o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olinadi;
- qurilish-ta’mirlash brigada a’zolariga mehnat qurollari, asbob-uskunalar va shaxsiy himoyalanish vositalarini sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha subsidiya ajratiladi;
- mahallalarda uy-joy va xizmat ko‘rsatish do‘konlarini qurish va ta’mirlash, shuningdek, qurilish tashkilotlari tomonidan uy-joy va sanoat obektlari qurilishida murakkab bo‘lmagan ishlarga pudrat shartnomasi asosida qurilish-ta’mirlash brigadalarini jalb qilishga ruxsat beriladi;
- qurilish pudrat tashkilotlari qurilish-ta’mirlash brigadalari bilan shartnoma tuzadilar, bunda qurilish pudrat tashkilotlari brigada a’zolari bilan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzmaydi;
- qurilish pudrat tashkilotlari qurilish ta’mirlash brigada a’zolarining mehnat muhofazasi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, brigada a’zolarining mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilishi uchun javobgarlik brigada boshlig‘i zimmasiga yuklatiladi.
Mavzuga oid
08:50 / 21.09.2024
«Ochiq budjet» portalida «Mahalla budjeti» bo‘limi ishga tushdi
19:47 / 25.06.2024
Hovli uylardan iborat mahallalarda servis kompaniyalari tashkil etiladi
08:59 / 27.05.2024
O‘zbekistonda “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshiriladi
12:29 / 23.05.2024