O‘zbekistonda “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshiriladi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshirilib, loyiha doirasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari huquqiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Foto: O‘zA
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, qonunchilik hujjatlarini ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshirilib, loyiha doirasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislarining huquqiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Maktablarda 2024-2025 o‘quv yilidan:
- Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
- o‘quvchilar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi;
- maktab o‘quvchilarining huquqiy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalar yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiya kemalarini AQSh portlarida qabul qilishga taqiqni uzaytirdi
Jahon | 12:22
-
«Arsenal» «Real»ni haqli ravishda chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi qayerda?
Sport | 12:20
-
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:17
-
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi
Jahon | 11:41
Mavzuga oid

09:56 / 22.01.2025
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi

14:28 / 14.01.2025
Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi

15:16 / 03.01.2025
1 fevralgacha mahallalar uchun bankirlar tayinlanadi

19:03 / 16.12.2024