Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, taniqli şoira Bibisora Turobova 15 sentabr kuni vafot etdi, deya xabar bermoqda uyuşma matbuot xizmati.
Bibisora Turobova 1952 yil 1 sentabrda Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyati Xatirçi tumanida tuğilgan. Örta maktabdan keyin Maktabgaça ta’lim texnikumida öqib, söng Samarqand davlat pedagokogika institutida ta’lim olgan.
U Samarqand viloyati hokimi örinbosari, mehribonlik uyi direktori lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
1990-yillarda Yozuvçilar uyuşmasiga a’zo bölgan. 10 ga yaqin şe’riy kitoblari naşr etilgan. Ayniqsa, «Kelin salom» va «Men izlagan quvonç» şe’riy kitoblari katta e’tibor topgan. Ijtimoiy tarmoqlarda uning 2011 yilda yozilgan «Ölsam janozamni bulbul öqisin» misralari bilan boşlanadigan şe’ri Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov tomonidan yozilgan deya notöğri talqin qilib kelingan.
Bibisora Turobova sönggi intervyularidan birida ijarama-ijara yurganini ma’lum qilgandi.









