Prezidentning “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Bloomberg
Hujjat bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar import bojxona boji "nol" stavkada qo‘llaniladigan ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi.
U 82 ta tovarga tatbiq etiladi, ular jumlasida:
- kastor yog‘i va uning fraksiyalari;
- asbest;
- natriy gidroksidi (kaustik soda) qattiq shaklda;
- karbidlar, kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq;
- o‘simlik yoki chorvadan olinadigan bo‘yovchi moddalar;
- keramik mahsulotlar, emal yoki oyna ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan shishasimon emallar va glazurlar va shunga o‘xshash preparatlar;
- to‘qimachilik bo‘yog‘i;
- sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun mavjud yoki mavjud bo‘lmagan tozalash vositalari;
- moylash materiallari hamda to‘qimachilik matolari, charm, mo‘yna yoki boshqa materiallarga yog‘ va moy bilan ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar;
- sun'iy mum;
- tayyor yelimlar va boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan boshqa tayyor adgezivlar;
- fermentlar, fermentli preparatlar;
- to‘qimachilik tarmog‘ida qo‘llaniladigan pardozlash vositalari, bo‘yashni tezlashtirish yoki bo‘yoqlarni mustahkamlash vositalari va boshqa mahsulotlar hamda tayyor preparatlar;
- sun'iy mo‘yna;
- yelimlangan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yog‘ochdan shunga o‘xshash materiallar;
- filtr qog‘oz va karton;
- apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar;
- zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan gazlamalar;
- kompleks sintetik va sun'iy iplardan to‘qilgan gazlamalar;
- kimyoviy iplardan va boshqa to‘qimachilik materiallaridan to‘qilgan to‘rlar.
Hujjat qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 22.10.2021 yildan kuchga kirdi.