Qayd etilişiça, 2025 yil davomida Özbekiston 180 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oşirgan.

Import hajmi böyiça yetakçi davlatlar:

Xitoy — 14,8 mlrd dollar;
Rossiya — 8,6 mlrd dollar;
Qozoğiston — 3,4 mlrd dollar.

Şuningdek, Turkiya (1,9 mlrd), Koreya Respublikasi (1,7 mlrd), Germaniya (1,3 mlrd), Hindiston (1,2 mlrd), Turkmaniston (1,1 mlrd), Belarus (778,5 mln) va AQŞ (712,3 mln) ham Özbekistonning yirik import hamkorlari qatoriga kiradi.

Mutaxassislar fikriça, import hajmining ösişi içki bozor talabining ortişi, sanoat kooperatsiyasining kengayişi hamda taşqi iqtisodiy aloqalarning faollaşuvi bilan izohlanadi.