O‘zbekiston | 20:27 / 30.09.2017
81419
2 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi

Foto: UzA

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 sentabrda maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish haqidagi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra Maktabgacha ta'lim vazirligini tashkil etish ko‘zda tutilgan.   

Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta'lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi, viloyatlarning maktabgacha ta'lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi bo‘limlari kiradi.

Farmonda aytilishicha, oxirgi 20 yil ichida maktabgacha ta'lim muassasalari (MTM) soni 45 foizdan ko‘proqqa qisqarib ketgan, bolalarning maktabgacha ta'lim muassasalari tomondan qamrab olinishi 30 foizga yaqinni tashkil etadi.

Yangi vazirlikning asosiy vazifalari ichida O‘zbekistonda o‘zaro raqobatlashuvchi davlat va nodavlat MOMlari tarmog‘ini yaratish hisobiga bolalarning maktabgacha ta'lim bilan to‘liq qamrab olinishini bosqichma-bosqich ta'minlash hamda maktabgacha ta'lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq qilish  hisoblanadi.

Shu munosabat bilan maktabgacha ta'lim rahbarlari va pedagogik xodimlarini zamonaviy texnologiyalar va metodlar negizida qayta tayyorlash va "bolalarni tarbiyalash bo‘yicha munosib sharoitlar"ni yaratish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid