O‘zbekiston | 19:46 / 16.08.2020
121409
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam oladi?

O‘zbekiston mustaqilligining 29 yillik bayramiga sanoqli kunlar qoldi. Bu yil bayram munosabati bilan ketma-ket 3 kunlik dam olish kuni belgilangan.

Foto: Flickr

Prezidentning 2019 yil oxiridagi tegishli farmoniga asosan, ham 5, ham 6 kun ishlaydiganlar uchun 2020 yil 30-31 avgust va 1 sentabr dam olish kunlari etib belgilangan.

  • 30 avgust (yakshanba) – taqvim bo‘yicha dam olish kuni
  • 31 avgust (dushanba) – 5 kun ishlaydiganlar uchun 29 avgust (shanba)dan ko‘chirilgan, 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib deb belgilangan dam olish kuni
  • 1 sentabr (seshanba) – ishlanmaydigan bayram kuni

29 avgust (shanba) kuni 5 kun ishlaydiganlar uchun ham, 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni hisoblanadi.

Mavzuga oid