Rossiya Belarusga yana 1,5 milliard dollar qarz beradi
Aleksandr Lukashenkoning Rossiyaga sentabr oyi o‘rtasidagi oxirgi tashrifida amalga oshirilgan kelishuvga ko‘ra, Rossiya Belarusga 1,5 milliard dollar miqdorida davlat krediti ajratadi.
Belarusga 1,5 milliard dollar miqdorida davlat krediti berilishini Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk tasdiqladi. Kredit import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun berilishi aytilgan.
14 sentabr kuni Sochidagi Lukashenko bilan uchrashuvda Vladimir Putin Belarusga kelishilgan kredit ajratib berilishini tasdiqlagandi: «Belarusni yaqin ittifoqchi deb bilamiz. Rossiya Belarus iqtisodidagi eng yirik investor bo‘lib qoladi. Rossiya shunday qiyin pallada Belarusga davlat krediti berishi borasida kelishuvga erishdik. Biz bu kelishuvni bajaramiz. Adashmasam, moliya vazirlarimiz bu borada ishlarni boshlab yuborgan», degandi Putin.
OAVda yozilishicha, Rossiya pulni allaqachon ajratib bo‘lgan.
Putin ta’kidlaganidek Rossiya chindan Belarusning eng yirik iqtisodiy «panohi» hisoblanadi. Aprel oyida Rossiya Belarusga to‘lash muddati yetgan 1 milliard dollar davlat kreditini keyinroq to‘lashga ruxsat bergandi. OAV Rossiya joriy yil mart oyida xorijiy davlatlarga 1 milliard dollar miqdorida davlat krediti berganini aniqlagan, bu davlatlar Eron va Belarus bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.
2021 yil oxirida esa Rossiya Belarusga sotiladigan gaz narxi o‘zgarishsiz qolishiga rozilik bergandi. Dunyo bozorida gaz narxi keskin qimmatlagan vaqtda ham Belarus Rossiyadan o‘sha kelishuvda ko‘rsatilgan narxda gaz sotib olishda davom etdi. 2021 yil Rossiya Belarusga 630 million dollardan ortiq turli yo‘nalishdagi davlat kreditlari ham ajratgan.
Mavzuga oid
21:03 / 19.11.2024
Rossiyada dollar yil boshidan beri birinchi marta 100 rubldan oshdi
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:48 / 19.11.2024
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi
13:31 / 19.11.2024