"Quyosh kuni": KXDR birinchi dohiysining tavallud kunini nishonlamoqda (fotojamlanma)

Foto: AFP / Ed Jones
Shimoliy Koreya amaldagi davlat rahbari Kim Chen Inning bobosi Kim Ir Senning tavallud kunini mamlakatning asosiy bayrami Quyosh kuni sifatida nishonlamoqda. "Kiodo" agentligi shu haqida xabar berdi.
Erta tongdan Mansude tepaligidagi Kim Ir Sen va Kim Chen Ir monumentlariga guldastalar qo‘yilmoqda. Shunisi diqqatga sazovorki, shaharda raketalar tasviri tushirilgan plakatlar, jangovor mazmundagi shiorlar kuzatilmadi, deyiladi agentlikda. Bayram munosabati bilan Pxenyanda gullar - davlat asoschisi sharafiga nomlangan maxsus yetishtirilgan orxideyalar ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada Suriya prezidenti Bashar Asadning bayram munosabati bilan sovg‘a qilgan gullari ham qayd etildi. Ta'kidlash joizki, rasmiy Pxenyan G‘arb koalitsiyasi tomonidan Suriyaga berilgan zarbalar bo‘yicha hozircha hech qanday munosabat bildirmadi.
Kuni kecha Pxenyanda Quyosh kuni bayramiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari Kim Chen In qatnashmadi, Oliy xalq kengashi prezidiumi raisi Kim Yon Nam nutq so‘zladi. U o‘z nutqida KXDRning yadroviy va raketa dasturlaridagi muvaffaqiyatlarini tilga olmadi.
Bu kelgusi haftada KXDR yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muzokaralar, shuningdek may oyi oxiri - iyun oyi boshiga mo‘ljallangan Kim Chen Inning AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuvi bilan bog‘liq.
Kim Ir Sen, 1992 yil

Shimoliy Koreyada Quyosh kunining nishonlanishi, 2018 yilning 12 apreli

Kim Ir Sen SSSRga tashrifi davomida, 1984 yil

Kim Chen In Kim Ir Sen surati yonida, 2013 yil

KXDR aholisi Kim Ir Sen va uning o‘g‘li Kim Chen Ir haykallari oldida

Kim Ir Sen birinchi turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li Kim Chen Ir bilan tasvirlangan surat

Kim Ir Sen SSSRga tashrifi davomida, 1984 yil

Kim Ir Sen birinchi turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li Kim Chen Ir bilan

Pxenyan markaziy maydonida Kim Ir Sen tavallud ayyomining 100 yilligi sharafiga parad, 2012 yil

Shimoliy Koreyaning ikkinchi dohiysi Kim Chen Irning tanasi joylangan shisha tobut uning otasi Kim Ir Sen tobutining yonida Kimsusan xotira mavzoleyida

Mavzuga oid

18:01 / 21.03.2025
Pxenyan yangi turdagi zenit-raketa tizimini sinovdan o‘tkazdi

13:36 / 20.03.2025
Shimoliy Koreya bitkoin zaxiralari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

22:17 / 10.03.2025