Uning ma’lumotlariga köra, gap tibbiy muassasalar, köngiloçar majmualar va sanoat korxonalarini quriş haqida ketmoqda. AFP agentligi aniqlaştirişiça, özgarişlar mamlakat hududining uçdan bir qismidan köproğida amalga oşirilişi va’da qilingan.

Kim KXDRning janubi-ğarbidagi Xvanxe-Namdo provinsiyasida quriliş loyihasiga start berdi. “Butun mamlakat böylab şaharlar va tumanlarning qariyb uçdan bir qismi özgaradi”, — deya ta’kidladi şimoliy koreyalik lider.

Davlat OAV e’lon qilgan tasvirlarda siyosatçi boşqa mansabdorlar bilan birga yer kavlayotgani, yon atrofdagi hayratlangan olomon esa qarsak çalib, Şimoliy Koreya bayroqlarini silkitayotgani körinadi.

Avvalroq KMTA xabar berişiça, hokimiyatdagi Koreya Mehnat partiyasi (KMP) markaziy qömitasining 28 yanvar kuni bölib ötgan yiğilişida KMPning IX qurultoyiga yuboriladigan delegatlar saylangan. AFP yozişiça, qurultoy beş yildan beri birinçi marta ötkaziladi, biroq aniq sana hali tasdiqlanmagan.

Şimoliy Koreya hokimiyati muntazam ravişda mamlakatni “sotsialistik ertak”ka aylantiriş rejalari haqida bayonot beradi. Masalan, 2022 yil sentabrida partiya ikki yangi qonun yordamida qişloq joylarda tub (radikal) özgarişlar qilişni maqsad qilgan edi.

Şu bilan birga, KXDRda iqtisodiy inqiroz hukm surmoqda. U, jumladan, yadroviy va raketa dasturlarini rivojlantirgani uçun joriy etilgan xalqaro sanksiyalar, şuningdek qator tabiiy ofatlar sababli kelib çiqqan.