O‘zbekiston | 21:59 / 01.11.2021
6699
2 daqiqa o‘qiladi

Talabalarga ijara pullari to‘lab beriladi, davlat grantlari va qabul kvotalari oshiriladi - 2022 yilda ta'lim sohasidagi o‘zgarishlar

2022 yilda 80 ming talabaning ijara pulining bir qismi budjetdan to‘lab beriladi. Respublika bo‘ylab 40ta yangi maktab, 1600dan ziyod bolalar bog‘chasi quriladi.

Foto: Kun.uz

2022 yilda ta'lim va tibbiyot tizimiga 58 trillion so‘m ajratiladi. Bu haqda 1 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022 yil uchun soliq tushumlari hamda budjet parametrlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qilindi.

2022 yilda ta'lim tizimida kutilayotgan yangiliklar:

  • Ta'lim va tibbiyot tizimiga 58 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan edi. Prezident bu mablag‘ga qo‘shimcha tarzda yana 12 trillion so‘m ajratish taklifini bildirdi.
  • Kelgusi yilda 55 ta yangi dastur amalga oshiriladi.
  • Chekka joylarda 1 ming 600 ta bolalar bog‘chasi tashkil etiladi.
  • Milliy ta'lim dasturi doirasida 40 ta yangi maktab quriladi va 235 tasi ta'mirlanadi.
  • Darsliklar yangilanadi hamda kompyuter sinflari ochiladi.
  • Bakalavr yo‘nalishida davlat grantlari, magistratura va doktoranturaga qabullar sonini oshiriladi.
  • Davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxonalar qurishga subsidiya beriladi.
  • 80 mingdan ortiq talabalar ijara xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021/22 o‘quv yilda O‘zbekistonda ta'lim olayotgan talabalar soni yarim million nafardan oshdi.

Mavzuga oid