Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qancha talaba qabul qilinadi?
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 iyundagi 381-son Qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.uz:
• O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi bo‘yicha 2017/2018 o‘quv yiliga qabul kvotalari;
• «Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)» mutaxassisligi bo‘yicha qabul kvotalarining iqtisodiyot real sektorining ayrim tarmoqlari va korxonalari bo‘yicha taqsimlanishi.
O‘tgan o‘quv yili bilan solishtirganda «Davlat moliyasini boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida 2 ta qo‘shimcha joy ajratildi, buning hisobiga «Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)» yo‘nalishi davlat granti asosida 2 ta joyga kamaydi. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kvota ko‘rsatkichlari saqlanib qoldi.
Ilgarigidek, Akademiyaning qabul komissiyasiga Akademiya magistraturasiga kirish jarayonida abituriyentlar to‘plagan ballarining reyting baholanishini hisobga olgan holda qabul ko‘rsatkichlariga umumiy kvotalar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga binoan Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga:
• iqtisod sohasida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan;
• yoshi 35 dan oshmagan;
• nomzodni yuborayotgan vazirliklar va boshqa tashkilotlarda kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan nomzodlar qabul qilinadi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 19 iyunda kuchga kirdi.
Mavzuga oid
23:29 / 28.08.2024
Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi
14:50 / 06.08.2024
Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi
19:01 / 27.07.2024
Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi tasdiqlandi
21:37 / 20.07.2024