15:11 / 10.06.2022
12025

2023 yildan do‘konlar va boshqa obektlarga issiq suv va tashqi yoritish bo‘yicha yangi talab qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Foto: Getty Images

Prezident matbuot kotibining xabar berishicha, yig‘ilishda ijtimoiy soha obektlarida ham bosqichma-bosqich muqobil energiya uskunalarini o‘rnatish muhimligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga kelgusi yil Investitsiya dasturi mablag‘larining kamida 15 foizini shunday qurilmalarni o‘rnatishga yo‘naltirish topshirildi. 

Bunda, yil yakuniga qadar 2 107 ta bog‘chada, 1 ming maktabda, 1 071 ta oilaviy shifokor punkti, poliklinika va shifoxonalarda, 1 ming mahallada tashkil etilayotgan yangi tibbiyot punktlarida, 200 ta sanatoriy va boshqa dam olish maskanlarida quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari o‘rnatiladi.

2023 yildan:

savdo-ko‘ngilochar komplekslar, madaniyat va istirohat bog‘lari, restoranlar, mehmonxonalar;

supermarketlar, do‘konlar, bozorlar, savdo omborlari;

avtomobillarga gaz va yonilg‘i quyish stansiyalari;

aeroport, temiryo‘l va avtobus vokzallari;

xususiy ta’lim va tibbiyot tashkilotlari;

tijorat banklari va ularning filiallari kamida 25 foiz issiq suv iste’moli va tashqi yoritishni muqobil energiya hisobidan qoplash talabi kiritiladi.

Top