Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qibrayda yashash uyi va qurilish mollari do‘koni yonib ketdi
Qibray tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
Bugun, 23 iyul soat 10:50 da Toshkent viloyati FVBga Qibray tumani, «G‘.G‘ulom» MFY, Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan yashash uyi va qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘inni o‘chirish uchun 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 10:57 da voqea joyiga borib, 11:17 da o‘rab olingan va yong‘in soat 11:50 da to‘liq o‘chirilgan.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida murojaat kelib tushmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
19:44 / 28.06.2026