Jahon | 14:57 / 20.11.2022
23426
7 daqiqa o‘qiladi

Xerson atrofidagi harbiy texnikalar va frontdagi merganlar. Urush suratlari

Kiyevga Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak ilk tashrifini amalga oshirdi. Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda u Ukrainaga yangi harbiy yordam haqida e’lon qildi. Ukraina rasmiylari ozod etilgan Xerson aholisining ko‘ngilli ravishda nisbatan xavfsiz hududlarga evakuatsiyasi jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Ukrainadagi yirik xususiy energetika kompaniyasi (DTEK) rahbari Maksim Timchenko imkoniyati bor aholini qishga qadar mamlakatni tark etib, energetika tizimiga yuklamani kamaytirishga hissa qo‘shishga chaqirdi (DTEK vakillari Timchenkoning so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilinganini aytishdi). Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Volodimir Gavrilov Ukraina qurolli kuchlari 2022 yil dekabr oyi oxirigacha Qrimga kirishi, urush esa 2023 yil bahorida yakunlanishi mumkinligini aytdi.

Quyida 19 noyabr kuni, urushning 269-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan asosiy suratlar.

Kramatorsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Kramatorskda rossiyaliklar zarbasi kelib tushgan uy yonida vayron bo‘lgan o‘ra oldidagi ayol. 19 noyabr kuni RF armiyasi Kramatorskni o‘qqa tutdi, xususiy sektorga ham zarba berilgan. Jabrlanuvchilar haqida ma’lumot yo‘q.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Zarba oqibatida vayron bo‘lgan uydagi mahalliy aholi vakillari
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Xerson aeroporti atrofida vayron bo‘lgan texnikalar 

Rossiyalik harbiylar tomonidan foydalanilgan, yon tomonida Z harfi aks etgan yuk mashinasi Chornobayivka qishlog‘idagi aeroportga kirish joyida qolgan. Aeroport rossiyalik harbiylar tomonidan 27 fevral kuniyoq egallanadi. Keyingi oylarda ukrain harbiylari bu hududni muntazam ravishda o‘qqa tutib kelishadi. Chornobayivka ham xuddi Xerson kabi 11 noyabr kuni Ukraina nazoratiga qaytarildi.
Chris McGrath / Getty Images
Yakson etilgan yengil avtomobil, unda V harfiini ko‘rish mumkin
Chris McGrath / Getty Images
Chris McGrath / Getty Images
Rossiya armiyasining yakson etilgan harbiy texnikasi
Chris McGrath / Getty Images
Aeroportning vayron bo‘lgan binosi
Chris McGrath / Getty Images
Yakson etilgan An-2 samolyoti
Chris McGrath / Getty Images

Xerson oblastida rossiyaliklar tashlab ketgan poligon

 

Safarbar qilingan rossiyaliklar uchun poligonda jangovar piyodalar mashinasi uchun mo‘ljallangan snaryadlardan qolgan bo‘sh gilzalar
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xerson oblastida safarbar qilingan rossiyaliklar uchun sobiq poligonda qolgan harbiy libos.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar safarbar etilganlar uchun poligonga o‘g‘irlab olib kelgan ventilyatorlar, RF kuchlari chekinish chog‘ida poligonni tashlab ketishgan. Foto: Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning Kiyevga tashrifi

Rishi Sunak Kiyevga tashrif buyurdi  — bu uning Buyuk Britaniya bosh vazirligi lavozimiga kirishganidan buyon ilk bor Ukrainaga kelishi. Prezident Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda u mudofaa va ukrain harbiylarini tayyorlash uchun 50 million funt ajratishni va’da qildi, bu dastur doirasida mamlakatga britaniyalik tajribali harbiy shifokorlar va muhandislar kelishadi.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / AP / Scanpix / LETA

Xerson ozod etilgach shaharga kelgan ilk yo‘lovchi poyezdi

Xerson aholisi deokkupatsiyadan keyin shaharga kelayotgan ilk poyezdni kutmoqda. Ukraina temiryo‘llari matbuot xizmatiga ko‘ra, temiryo‘lchilar maksimal darajada qisqa fursatda shikastlangan infratuzilmani tikladi va 19 noyabr kuni soat ertalabki 9 da Xersonga Kiyevdan ilk poyezd keldi. Foto: Chris McGrath / Getty Images
 Ukraina bayrog‘ini yopinib olgan xersonlik Kiyevdan kelayotgan poyezdni kutmoqda, poyezd uning qizini olib qaytmoqda.
Chris McGrath / Getty Images
Kiyevdan kelgan poyezdni qarshi olayotgan xersonliklar
Chris McGrath / Getty Images
Chris McGrath / Getty Images
Chris McGrath / Getty Images

Xerson oblastida oldingi chiziqdagi ukrain harbiylari 

Ukraina janubidagi bo‘linmalardan birining Kurt laqabli komandiri va mergan bo‘lgan harbiy o‘z qurolini jangga shaylamoqda. 17 noyabr kuni Ukraina qurolli kuchlari Xerson oblastidagi 200 ga yaqin aholi yashash manzillari ukrainlar nazoratiga o‘tganini xabar qildi. Regionda pozitsion janglar davom etmoqda. Foto: Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiysi rossiyaliklar pozitsiyasini qidirmoqda
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar pozitsiyasida ro‘y berayotgan hodisalarni tasvirga olayotgan mergan.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Kurt laqabli mergan rossiyaliklar pozitsiyasiga uzilgan o‘qdan keyin o‘z telefonini tekshirmoqda.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiysiga tegishli bo‘lgan Kalashnikov avtomati
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi ukrain harbiylari

Donetsk oblasti Drobishevo posyolkasida gumanitar yordam ortilgan yuk mashinasi. Drobishevo Liman shahri atrofida joylashgan: 1 oktyabr kuni Ukraina qurolli kuchlari Rossiya armiyasi «yanada qulayroq pozitsiya»ga ko‘chirilgani uchun Limanni egallagandi.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi pozitsiyada turgan ukrain harbiysi 
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiysi tankka qarshi raketa uchirmoqda, Donetsk oblasti
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari pozitsiyani o‘zgartirish chog‘ida, Donetsk oblasti
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimini qayta o‘qlamoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain harbiylari «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘t ochmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Xerson o‘qqa tutilishi

19 noyabr kuni Xerson uzra qora tutun ko‘tarildi. Mahalliy telegram-kanallar Rossiya qo‘shini tomonidan berilgan zarbalar haqida yozishdi. Rasmiy manbalar zarba haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlamagan.
Roman Hrytsyna / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid