Rossiya harbiylari Dnepr daryosining öng sohilini tark etişdi. RF mudofaa vazirligi Rossiya qöşini bölinmalarini Dneprning çap sohiliga ötkaziş jarayoni Moskva vaqti bilan soat 5:00 da yakunlanganini ma’lum qildi.

«Öng sohilda birorta harbiy texnika va qurol qolmadi. Barça rossiyalik harbiy xizmatçilar Dneprning çap sohiliga olib ötildi. Rossiya qurolli kuçlari tuzilmalari va harbiy qismlari oldindan tayyorlangan mudofaa çiziqlari va pozitsiyalarini egalladi. Rossiya qöşinlari guruhining şaxsiy tarkib, qurol-yaroğ, harbiy texnikalar va moddiy vositalarida yöqotişlarga yöl qöyilmadi», deyilgan vazirlik xabarida.

Rossiya davlat agentligi RIA Novosti Dneprning öng va çap sohilini boğlovçi Xerson yaqinidagi Antonov köprigida olingan videoni namoyiş etgan. Unda agentlik muxbiri 11 noyabrga ötar keçasi «Rossiya qöşinlarining sönggi qismi» öng sohilni tark etgani haqida aytadi. Videoda köprik böylab harakatlangan ğildirakli texnikalar aks etgan. Muxbirning sözlariga köra, oğir texnikalar, jumladan tank va jangovar piyodalar maşinalari (BMP) köprik yaqinidagi ponton keçuv yöli orqali ötkazilgan.

VGTRK harbiy muxbiri Aleksandr Sladkov 11 noyabr tongida uç kun içida Dneprning öng sohilidan çap sohiliga şaxsiy tarkibdan 20 ming kişi va 3,5 ming harbiy texnika olib ötilganini xabar qilgan.

Moskva vaqti bilan 11 noyabr kuni soat 4:00 dayoq Ukraina qurolli kuçlari «Janub» quruqlik qöşini operativ qömondonligi Rossiya harbiylar va texnikalarini Dneprning narigi sohiliga taşişda davom etayotgani, çap sohilda mudofaa çiziği taşkil etib, Ukraina armiyasining öng sohildagi pozitsiyalarini öqqa tutayotganini xabar qilgandi. Xabarda ukrain qöşinlari front çiziğini çap sohilga tobora yaqinlaştirayotgani, Rossiya kuçlari esa «şoşilinçda suzib ötiş uçun yaroqli bölgan qayiqlarga çopayotgani» qayd etilgan. 10 noyabr kuni keçqurun «Janub» guruhi matbuot kotibi Natalya Gumenyuk RF qurolli kuçlari qöşinlarining bir qismini olib çiqqani, ammo bölinmalar va texnikalarning bir qismi Dneprning öng sohilida qolayotganini aytgandi.

Şu bilan birga annexia qilingan Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati vakili, ayni vaqtda Simferopolda bölib turgan Sergey Yeliseyev «Interfaks»ga bergan intervyusida Rossiya kuçlarini Dneprning öng sohilidan olib ötiş davom etayotganini aytgandi.

Xersondagi Antonov köprigi vayron qilingan