Andijon shahri sobiq mansabdorlari o‘margan mablag‘ning bir qismi ko‘chmas mulk ko‘rinishida undirilgan
Jinoiy guruh a’zolari tomonidan yetkazilgan zararning 10 mlrd so‘m qismi davlat foydasiga Tashkent cityʼdagi yangi xonadonlar, xorijiy mashinalar va tilla taqinchoqlar bilan ko‘chmas mulk ko‘rinishida undirilgan.
63 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ni talon-toroj qilishda gumonlangan 45 nafar sudlanuvchining aksariyatiga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo tayinlangan, shaharning sobiq hokimi Bahrom Haydarov 10 yil, sobiq prokuror Qurbonali Asqarov esa 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Bahrom Haydarovga bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari, ya’ni 85 mln 750 ming so‘m jarima jazosi ham tayinlangan.
Tergov davomida jinoiy guruh tomonidan o‘marilgan 67 mlrd so‘m mablag‘ning 16 mlrd so‘m qismi pullar ko‘rinishida va 10 mlrd so‘m qismi ko‘chmas mulk, jumladan, Tashkent cityʼdagi yangi xonadonlar, xorijiy avtomashinalar va tilla taqinchoqlar ko‘rinishida davlat hisobiga undirilgan.
Zararning qolgan qismini sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilangan.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024