Jinoyat işlari böyiça Farğona viloyat sudi binosida Andijon şahrining sobiq hokimi va prokurori doxil 45 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni öz yakuniga yetdi. Jinoiy guruh a’zolariga qilmişidan kelib çiqib, turli jazo çoralari tayinlandi.


Sud hukmi öqilişi jarayonida iştirok etgan Kun.uz muxbiriga köra, Andijon şahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarovga 3 yil davomida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan, 10 yil ozodlikdan mahrum etiş hamda bazaviy hisoblaş miqdorining 350 barobari, ya’ni 85 mln 750 ming söm jarima jazosi tayinlangan. Şaharning sobiq prokurori Qurbonali Asqarov esa 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilinib, 10 yil 6 oy ozodlikdan mahrum etilgan.

Şuningdek, Andijon viloyat XTB sobiq rahbari Azizbek Mirkomilov 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan hamda 5 yil ozodlikdan mahrum qilingan. Jazo manzil koloniyalarda ötalişi belgilangan. Andijon şahar XTB markazlaştirilgan moliya-buxgalteriya xizmati boş hisobçisi lavozimida faoliyat yuritgan Saida Yölçiyeva 7 yil 11 oy 26 kun muddatga qamalgan.

Sud hukmiga köra, sudlanuvçilar Farhod Mullojonov, Şavkat Hoşimov, Jamşid Mirzayev, Suxrob Ahmadaliyev, Haydar Sadirov, Muhammad Nazarov, Arslon Kamolov, Ilhom Haydarov, Salohiddin Dehqonov, Ğulomjon Rahmonberdiyev, Sunbuloy Eraliyeva, Xuşnud Sobirov, Abdumajid Oripjonov, Muhammadbobur Isaqov, Naufalbek Kamolqoriyev, Dilnoza Naymanova, Sarvar Ahmadaliyev, Salima Şarofutdinova, Rozaxon Mamadaliyeva, Bobur Abdullayev, Dilafruz Ismatullayeva, Surayyo Hamroyeva, Nozima Qodirova, Fayzullo Bekmirzayev hamda Şahnoza Abdurasulovaga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq jazo tayinlangan.

Xilola Faxriddinova, Yorqin Hoşimov, Nilufar Ahmadjonova, Dilnoza Yusupova va Tursunov Abidovaga axloq tuzatiş işlariga jalb qiliş jazosi berilgan bölsa, Muqaddas Neymanova javobgarlikka tortiş muddati ötgani sababli ozod etildi. Nuriddin Bozorov va Sanjar Sobirovga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi. Alişer Isomiddinov bazaviy hisoblaş miqdorining 40 barobari, ya’ni 55 mln söm jarimaga tortilib, sud zalidan ozod qilindi. Hasan Muhiddinov ham sud zalidan ozod etildi.











