Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning yangi binosiga fotosayohat
2017 yil 14 sentyabrdagi prezident qarori bilan Toshkentda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilgan edi.
Yaqinda ushbu maktab binosi foydalanishga topshirildi. Bugun, 27 dekabr kuni prezident mazkur bilim muassasasini kelib ko‘rdi.
Joriy yilda maktabning 5-11 sinflariga 680 nafar o‘quvchi matematika va chet tili sinovlari asosida qabul qilindi. Pedagogik jamoaga Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Hindistondan o‘qituvchilar jalb etilgan.
Maktabda keng sharoitlar, fan kabinetlaridan tashqari darslar hamda fakultativ mashg‘ulotlarni innovatsion usullarda o‘tish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan. Artel, Ucell, ZTE va Huawei kompaniyalarining maxsus sinflari ochilgan.
Maktabda o‘quvchilar zamonaviy mobil va kompyuter dasturlarini o‘rganishi, o‘z ustida ishlab, tajriba oshirishi uchun robototexnika va sanotexnika xonalari, innovatsion va virtual laboratoriyalar tashkil etilgan.
Kun.uz muxbiri ham prezident tashrifi asnosida maktabda bo‘ldi va unda yaratilgan sharoitlarni aks ettiruvchi suratlarni taqdim etdi.
Mavzuga oid
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
16:00 / 11.11.2024
Xavotir bilan boshlangan xayrli ish – Farg‘onadagi maktab olma bog‘idan yaxshigina daromad olyapti
15:42 / 28.10.2024
O‘zbekistonda maktablarda kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi
19:45 / 09.10.2024