17:30 / 28.03.2019
22037

Imtihonda tushadigan test savollari «Ma'rifat» gazetasida chop etiladi

Davlat test markazi va «Ma'rifat» gazetasi hamkorligidagi yangi loyiha haqida e'lon qilindi. Bu haqda Kun.uz’ga «Ma'rifat» gazetasi bosh muharriri Husan Nishonov ma'lum qildi.

Loyihaning mazmuni shundan iboratki, abituriyentlarning test sinovlariga puxta va samarali tayyorgarlik ko‘rishiga ko‘maklashish maqsadida gazetaning navbatdagi sonlarida imtihon olinadigan fanlar bo‘yicha Davlat test markazining aprobatsiya jarayonidagi test savollarini e'lon qila boshlanadi. Shuningdek, test savollarini tuzishda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ham chop etiladi.

E'tiborli jihati bunga o‘xshash tajriba avval ham qo‘llanilgan. 1995 yilgi test imtihonlarida tushuvchi barcha savollar markaziy nashrlarda e'lon qilingan.

Top