20:55 / 13.05.2019
89470

Endi abituriyentlar 5ta fandan test sinovi topshiradi. Barcha yo‘nalishlarda majburiy 3ta fan bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratiladi.

Birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan quyidagi uchta fan kiritiladi:

  • ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili); 
  • matematika;
  • O‘zbekiston tarixi. 

Ikkinchi bo‘limga abituriyent tanlagan bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritiladi.

Top