13:56 / 09.07.2019
6531

Navoiy viloyati hokimi Konimexda sayyor qabul o‘tkazdi

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov Konimex tumanida  navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. 

Unda viloyat Xalq qabulxonasi mudiri F.Quvondiqov, viloyat prokurori Sh.Aminov, viloyat IIB boshlig‘i R.Tursunov, korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari hamda Konimex tumani mutasaddilari ishtirok etdi. 

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan 38ta turli mazmundagi murojaatlar yo‘llandi. Murojaatlarning 11tasi joyida hal etildi, 8tasi bo‘yicha tegishli mas'ullar tomonidan qonuniy tushuntirishlar berildi, qolganlari bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

«Qishlog‘imiz ahlini bir necha yildan buyon transformator va yo‘l ta'miri muammosi qiynab keladi. Bugungi sayyor qabulda ushbu masalalar bilan viloyat hokimiga murojaat qildim. Viloyatimiz rahbari tomonidan tegishli mas'ullarga masalalarni joyida borib o‘rganib, bir oy ichida ijobiy hal etilishi aytildi», – deydi Konimex tumani, «Yuksalish» mahallasida yashovchi Jo‘raqul Jumayev.

Sayyor qabul doirasida «Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi», tijorat banklari tomonidan ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Top