09:25 / 27.09.2019
8
181375

«Straus House» rahbari Ibrohim Isroilov qamoqqa olindi

Foto: KUN.UZ

Avvalroq, ko‘p sonli fuqarolarning shikoyatlariga asosan «Straus House» MChJ vakillarining xatti-harakatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi. 

Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti Kun.uz’ga ma'lumot berishicha, «Straus House» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonlarida aniqlanishicha, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 16-uyda joylashgan «Straus House» MChJ mansabdor shaxslari Toshkent shahar, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan 2019 yilning yanvar-aprel oylari davomida 90 kun muddat ichida Janubiy Afrika Respublikasidan «Ostrich» zotli tuyaqush (straus) jo‘jasini yetkazib berish yuzasidan shartnomalar rasmiylashtirish orqali ularning ishonchiga kirib, respublikaning turli viloyatlarida yashovchi 300dan ortiq fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilishda gumon qilinmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha «Strause House» MChJ ta'sischisi, Isroilov Ibroxim Rovshan o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:

Tuyaqushchilik — biznesmi yoki moliyaviy piramida?

«Straus House»dan aholi nega norozi?

«Har oy 8 million so‘m kredit to‘laymiz». «Straus House»dan norozilar soni ortmoqda

«Straus House» o‘zini oqlashga urinmoqda. Aytilgan 5 mingta jo‘ja qayerda?

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top