2019 yilning dastlabki kunlaridan ijtimoiy tarmoqlar, radio va televideniye orqali hamda katta-katta supermarketlar-u aholiga maişiy xizmat körsatiş obektlari, qöyingki aholi gavjum böladigan joylardagi ekranlarda «Straus House» nomi bilan maşhur bölgan mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi korxona tomonidan tuyaquş jöjalarini yetiştiriş bilan boğliq olamşumul reklamalar avj olgandi. Janubiy Afrika Respublikasidan keltirilgan tuyaquş jöjalarining bir donasini dastlab örtaça 1,8 mln sömdan, keyinçalik 2 mln sömdan, maxsus ozuqa-yem mahsulotlarini 2,2 mln sömdan sotib oliş taklif qilindi.

Jamiyat ta'sisçisi Ibrohim Isroilov (jamiyatga dastlab özi direktorlik qilgan va biroz vaqt ötib bu lavozimga boşqa şaxs tayinlangan) öz çiqişlarida aynan «Straus House» MÇJdan sotib olinib, boqib yetiştirilgan va

1 yoşga tölgan tuyaquşning bir donasini aholidan örtaça 9-10 mln sömdan qayta sotib olişni va'da qilgan. 

Kuni keça tahririyatga tuyaquş jöjalarini sotib oliş böyiça aynan «Straus House» MÇJ bilan şartnoma tuzib, tölovni amalga oşirgan, biroq belgilangan muddat ötgan bölişiga qaramay jöjalarni ololmagan fuqarolar  murojaat qilişdi. Kun.uz Farğonadan kelgan uşbu murojaatçilar bilan uçraşib, ularning dardiga quloq tutdi.

Ma'lum bölişiça, «Straus House»ning tarğibot-taşviqot tadbirlari va reklamalarining kuçi bilan respublika böylab bir neça mingni taşkil qiluvçi fuqarolar kompaniya bilan tuyaquş jöjalarini yetkazib beriş böyiça şartnomalar imzolagan, biroq şartnomada kelişilgan muddat ötgan bölişiga qaramasdan jöjalar hanuz yetkazib berilmagan.

«Uyda bekor ötirgandan köra rözğorga yordamim tegsin degan niyat bilan 2019 yil 5 aprel kuni 10 dona tuyaquş jöjasini sotib oliş böyiça şartnoma tuzib, bor-budimni bir joyga töplab, 22 mln söm tölov qilgan edim, mana oradan qariyb olti oy vaqt ötayotgan bölişiga qaramay na jöjalardan va na puldan darak bor», deydi kuyinib Farğona tumani Çimyon qişloğida yaşovçi 70 yoşni qarşilagan birinçi guruh nogironi Axmadali Abdulazizov.

Uning ta'kidlaşiça, bu vaqt orasida MÇJning viloyat böyiça dileri va boş ofisiga bir neça marta murojaat qilgan, biroq tayinli javob olmagan.