Oliy sud matbuot xizmati xabariga köra, sudlanuvçilar I. Isroilov (Straus House MÇJ ta'sisçisi, 1993 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan), A. Maxmutaliyev (Straus House MÇJ direktori, 1995 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlanmagan), D. Qutpiddinov (Straus House MÇJ direktori örinbosari, 1994 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlangan) va O. Saidov (Straus House MÇJ boş hisobçisi, 1961 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan)ga nisbatan jinoiy iş jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi sudyasi O. Ilhomjonov raisligida körib çiqildi.
I. Isroilov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolğon guvohlik beriş) 3-qismining “a” bandi bilan oqlanib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasi (soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş)ning 3-qismi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş)ning 1-qismi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) va 227-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş) 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil ötaş uçun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.
A. Maxmutaliyev Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga uzil-kesil ötaş uçun 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.
D. Qutpiddinov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga uzil-kesil ötaş uçun 8 yil 5 oy 26 kun muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.








