Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, radio va hatto televideniye orqali tuyaquşçilik bilan şuğullaniş katta daromad keltirişi haqidagi reklama va e'lonlar berilişiga bot-bot közimiz tuşmoqda.

Tuyaquş biznesi bilan şuğullanayotgan qator tijorat taşkilotlari (maqolamizda şartli ravişda «Tadbirkor» deb yuritamiz) eşitganda odam bolasini şoşirib qöyadigan takliflarini örtaga taşlaşmoqda.

Bu qanday biznes?

Xabaringiz bölsa kerak, şunday taşkilotlarning ayrimlari Janubiy Afrika Respublikasidan keltirilgan bir hafta yoki ön kunlik tuyaquş jöjalarining bir donasini örtaça 2 mln sömdan bölgan narxda taklif qilmoqda.

Taklifga köra, xaridor şunday jöjalardan Toşkent şahri va viloyatida kamida 10ta, boşqa hududlarda 3-5tagaçasini yuqorida aytilgan narxda sotib olişi, şuningdek har bir jöja uçun 2 mln 200 ming sömlik maxsus yem ham sotib olişi, keyin bir yil davomida boqib katta qilişi talab etiladi. Kelişuv böyiça 1 yoşga tölgan tuyaquş «Tadbirkor»ning özi tomonidan yetiştiruvçidan 10 mln sömga sotib olinadi.

Tadbirkorlar Janubiy Afrika davlatidan çeklanmagan miqdorda tuyaquş jöjalarini olib kelib berişni va 12 oylik bölgan tuyaquşni 3-4 barobar qimmatiga qayta sotib olişni va'da qilmoqda.

Darhaqiqat, internet ma'lumotlariga tayanadigan bölsak, tuyaquş yetiştiriş öz istiqboliga ega bölgan biznesligini körişimiz mumkin. Çunki, uning deyarli barça a'zolari, jumladan göşti, yoği, tuxumi, terisi, pati, hattoki tirnoq va kipriklarini ham pullaş mumkin. Buning uçun, işlab çiqarişni töliq ta'minlaş mumkin bölgan quvvatdagi, ya'ni jöja holidan to yuqoridagi mahsulotlarni olişgaça bölgan jarayonlarni amalga oşiriş imkoniga ega bölgan ferma bölişi kerak. Malakali mutaxassislarni, talabga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlarni tayyorlaş, olingan mahsulotlarni qayta tayyorlaş sexlari va iste'molçilarga (xaridor) yetkazib beriş böyiça xizmatlari bölişi talab etiladi. Qoidaga köra, eksportga ixtisoslaşgan korxona öz ixtiyorida sifatni tekşiriş va nazorat qiliş laboratoriyasiga ega bölmoği lozim.

Biroq hozirda aholiga keng kölamda tuyaquş jöjalarini yetkazib berayotgan (yetkazib berişni va'da qilayotgan) korxonalarning birortasi öz çiqişlarida şunday quvvatga ega bölgan korxonalarga egaligi haqida ma'lumotlar bermagan.

Haqiqatdan uzoqdagi narxlar va va'dalar