Xalqimiz orasida oson va tez boyib ketiş xayolida yaşaydigan, bu orzulari yölida har qanday yolğonga-da uçib, bor-budini berib yuboradigan odamlar borligiga guvoh böldik.
Qöy boqişni eplamagan odamlar Afrika tuyaquşlarini boqmoqçi bölişdi
Odamlarning sodda va işonuvçanligidan ğarazli maqsadlar yölida ustalik bilan foydalangan uçarlar birovning haqi evaziga boylik orttirişning turfa yöllarini öylab topmoqdalar. Ana şunday «innovatsion» ğoyalar bilan odamlarni milliardlarga tuşirib ketgan «Straus House» firibgarliklari hali köpçilikning yodidan kötarilmagan bölsa kerak.
2019 yildan boşlab ijtimoiy tarmoqlar, radio, televideniye, aholi gavjum joylardagi ekranlarda «Straus House» MÇJning tuyaquş jöjalarini yetiştiriş bilan boğliq olamşumul reklamalar avj oldi. Bu reklamalarda Janubiy Afrika Respublikasidan keltirilgan tuyaquş jöjalarining bir donasini 2 mln sömdan, maxsus ozuqa-yem mahsulotlarini ham 2 mln sömdan sotib oliş taklif qilindi.
Bu reklamalarning odamlarni şoşirib qöyadigan joyi aynan şu jöjalarni 1 yil ötganidan söng örtaça 9-10 mln sömdan qayta sotib oliş haqidagi yolğon va'dalar edi.
Yakunda nima bölgani köpçilikka ma'lum: «Straus House» MÇJga aldangan 298 nafar fuqaro jami bölib 6,6 milliard sömdan köproq miqdorda zarar kördi.
Arzon va qulay şartlardagi avtomobil vasvasasi
«Oson va arzon şartlarda avtomobilga ega bölarkanman» deb çuçvarani xom sanagan fuqarolarimizning sanoği yöq.
Avtomobil vasvasasi bilan boğliq firibgarliklar «xit-parad»ining eng yuqori poğonasini, şubhasiz, «Avto 60 oy» voqeasi egallasa kerak.
Qöştirnoq içidagi tadbirkorlar UzAuto Motors avtomobillarini dastlabki tölov va foizlarsiz bölib tölaşga sotib oliş uçun aholidan pul töplagan va buning uçun fuqarolarga maşina rusumidan kelib çiqqan holda 2 mln sömdan 10 mln sömgaça qiymatdagi maxsus flayerlarni sotib olişni taklif qilgan.
Şu tariqa, respublikaning barça hududlaridan jami 20 mingga yaqin mijoz bilan şartnoma tuzilib, juda qisqa davr – 3 oy içida 54 mlrd söm miqdorida mablağni yiğiştirib olişga ulgurişdi
Mavzuga oid
.
Yana bir holatda Toşkent viloyatining Angren şahrida öz faoliyatini yölga qöygan «Avto-Ideal-Xizmati» MÇJ 5 oy içida 1,5 ming mijozning işonçiga kirib, ularni jami 30 mlrd sömdan oşiqroq mablağga çuv tuşirdi.
Yuzlab fuqarolar «Almaz Super Avto» kabi taşkilotlarning biror bir foizlarsiz, bölib tölaş şarti bilan avtomaşina olib beriş haqidagi va'dalari qurboni böldi.
Ayni kunlarda «Avtohamkor 0 foyiz»ning ham fuqarolarga bergan va'dalari ustidan çiqmayotgani haqidagi şikoyatlar kelib turibdi.
Özbekistonda kiberfiribgarliklarning ham bozori çaqqon
Texnologiyalar rivojlangani sari firibgarlikning yangidan yangi turlari paydo bölmoqda. Xususan, SMS yoki ijtimoiy tarmoq orqali fuqaroga u katta miqdorda pul yutib olgani yoxud boşqa mamlakatdagi qarindoşidan katta miqdorda meros qolgani xabar qilinib, merosni rasmiylaştiriş uçun ma'lum miqdorda pul ötkaziş lozimligi yoki yutuqni oliş uçun bank plastik kartasining raqami va boşqa ma'lumotlarini jönatiş kerakligi aytiladi. Bunga işongan fuqarolar uşbu körinişdagi firibgarlik tuzoğiga ilinadi.
Yana bir kiberfiribgarlik internetdagi mahsulot oldi-sotdisi böyiça e'lonlar orqali amalga oşirilmoqda.
Aholi orasida özini xorijdagi maşhur kompaniya vakili sifatida taniştirib, fuqarolarni uşbu kompaniya aksiyalarini ayni damda 10 sömga sotib olib, keyinçalik aksiya narxi oşişi natijasida uni 20 sömga sotişi mumkinligiga işontirib, ularning qöynini «puç aksiya»ga töldiriş holatlari ham uçrab turibdi.
Yodingizda bölsa, yaqindagina Qaşqadaryoda dunyoga maşhur kompaniyalarning soxta aksiyalarini sotiş orqali 2 mingga yaqin kişini 9 mln AQŞ dollariga çuv tuşirişdi.
Sarobga aylangan orzu mamlakatlari
Yana bir turdagi firibgarlik şu qadar avj oldiki, bunda fuqarolar çet elda işlaşlariga işontirilib, milliardlarga «uxlatildi».
Uşbu firibgarliklar «estafeta»sini «Human» XBA boşlab berdi, desak yanglişmagan bölamiz.
«Human» xususiy bandlik agentligi mansabdorlari minglab fuqarolarga Germaniya, Çexiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Bolgariya va Litva kabi iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarida işga joylaştirişni va'da qilib, taklif etilgan işdan kelib çiqqan holda 6,3 mln sömdan 35 mln sömgaça pul oldi. Biroq amalda ularni heç qayerga yubormay, juda köp miqdordagi mablağni firibgarlik yöli bilan özlaştirdilar.
Sud mahkamasiga tortilgan agentlik rahbari Şohnur Fayzullayev 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi va undan 1 086 nafar jabrlanuvçi foydasiga 21 milliard 192 ming sömdan ziyod miqdorda moddiy zarar undirilişi belgilandi.
Estafeta tayoqçasini «Korean and Migrations» XBA mansabdor şaxslari qölga olib, Koreyaga işga jönatiş va'dasi bilan, qisqa vaqt içida 2 297 nafar fuqaroni 19,6 mlrd sömga çuv tuşirişga ulgurdi.
Şu bilan, birin-ketin xususiy bandlik agentliklarining sirlari foş böla boşladi. Pulini berib qöygan-u, işga yuborilmasligiga közi yeta boşlagan fuqarolar «boş kötara» boşlaşdi. Köp ötmay, «International Job Organization» xususiy bandlik agentligi ham 2620 nafar fuqaroga 12 mlrd sömga yaqin zarar yetkazgani ayon bölib qoldi.
«Recruit Consulting Work» XBA mansabdor şaxslari 2019 yilning 10 oyida Koreya, Yaponiya, Latviya, Litva, Çexiya, Niderlandiya, Germaniya, Şvetsiya, Slovakiya davlatlarda iş topib beriş va işga joylaştirişni va'da qilgan holda jami 1100dan ortiq fuqaroni aldab, ularning 6,2 mlrddan oşiq pullarini özlaştirib yubordi.
«Profelite IMP» XBA ham fuqarolarni Janubiy Koreyaga işga yuboriş aldovi bilan 263 nafar jabrlanuvçiga jami 10,5 mlrd söm zarar yetkazdi.
«International experience» XBA 68 nafar jabrlanuvçiga jami 1,4 mlrd söm moddiy zarar yetkazdi.
Samarqand viloyatida faoliyat olib borgan «Amilee Bahora» XBA rahbarlarining aldovlari oqibatida 300 nafardan oşiqroq fuqaro jabr körgan. Xuddi şu hududdagi «Consort» XBA Yaponiya, Germaniya va boşqa xorijiy davlatlarga işga yuboriş va'dasi bilan yuzlab fuqarolarni çuv tuşirgan.
Şunday qilib, bugungi kunga qadar 13taXBAning 51 nafar rahbar va mas'ul xodimlari tomonidan jami 9338 nafar fuqarodan 79,1 mlrd sömga yaqin pul mablağlari firibgarlik yöli bilan özlaştirilgan.
Nega Özbekistonda firibgarlarning oşiği olçi va bozori çaqqon?
Firibgarlar va ularning qurbonlari soni bu darajada keskin oşişiga bir tomondan fuqarolarning soddaligi, işonuvçanligi va iqtisodiyotning eng oddiy qonuniyatlarini-da bilmasliklari sabab bölmoqda. Bu holat ayniqsa avtomobil sotib oliş maqsadida çuv tuşayotganlarda köp kuzatilyapti.
«Hozir avtomaşina, uy oldi-sotdisi bilan boğliq firibgarliklar köpayyapti. Buning hammasi fuqaro masalani qonuniy yöl bilan hal etiş çorasini körmay, osongina yöl bilan maqsadiga erişiş harakatidan kelib çiqadi. Bu nimaga arzon, nega bunçalik oson hal bölyapti – fuqarolar masalaga şu tomondan qaraşlari orqali firibgarlikning oldini olişlari mumkin», – deganida naqadar haq edi sudya Şamsiddin Tojiyev.
Qilmiş qidirmiş, deyişadi. Heç bir aybli iş jazosiz qolmaydi. Firibgarlar sudning panjara ortidagi qora kursisida ötirib, qilgan qilmişlariga söroq bermoqdalar.
Xöş, vaziyat bu qadar jiddiylaşib ketişiga faqat firibgarlar sababçimi?
Yöq! Aslida bunday bölişida aldanganlarning ham hissalari katta. Tekin pişloq faqat qopqonda bölişi mumkinligini öylab, keyin harakat qilganlarida hozir boy berib qöygan mol-u davlatlariga açinib, dod-voy solmayotgan bölar edilar.
Xususiy bandlik agentliklari bilan röy bergan holatda esa qonun çiqaruvçilar va qonun taşabbuskorlarining xatolari firibgarlarga qöl kelib, minglab insonlarga qimmatga tuşdi.
Ta'kidlaşni istardikki, firibgarliklar şu bilan barham topdi, odamlar hammasini tuşunib yetdi, endi aldanib qolmaydilar, deb hisoblab ham bölmaydi. Birovning pulini firibgarlik yöli bilan qölga kirituvçilar, oson boyişga intiluvçilar hamma zamonlarda ham bölgan, bölmoqda va bundan keyin ham böladi. Faqat ularning tuzoğiga tuşib qolmaslik har birimizning öz qölimizda.
Xoh u oğzaki bölsin, xoh yozma – biror masala yuzasidan pulli bitim va kelişuvlar tuzayotganda ogoh böliş, yetti marta ölçab bir kesiş kerakligi haqida Kun.uz maxsus muxbiri Tolib Rahmatov tayyorlagan tahliliy materialni yana bir bor tomoşa qilişni tavsiya qilib qolamiz.
Abbos Salaydinov,
Rahmatillo Isroilov.
Tasvirçi va montaj ustasi – Mirvohid Mirrahimov