11:05 / 03.02.2020
0
21831

Tailandda koronavirusga qarshi samarali dorilar kombinatsiyasi ishlab chiqildi

Tailandda koronavirusga qarshi dorilar kombinatsiyasi ishlab chiqildi.

Foto: AFP

OITSga va grippga qarshi dori vositalari 2019-nCoV koronavirusiga chalingan bemorni davolashda samara bergan. Bu haqda Tailand sog‘liqni saqlash vaziri bayonotiga tayanib South China Morning Post nashri xabar berdi.

71 yoshli xitoylik ayol Bangkokdagi Rachaviti shifoxonasiga yangi turdagi zotiljamning og‘ir alomatlari bilan tushgan. Shifokorlar ayolni davolash uchun grippga qarshi vosita “Oseltamivir” va OITSga qarshi vosita “Lopinavir / Ritonavir”ni qo‘llashgan. “Oseltamivir”, xususan, Yaqin Sharq respirator sindromi MERS’ni davolashda qo‘llangan.

Dori vositalari qo‘llangandan 48 soat o‘tgach koronavirusga tekshiruv ayolda virus yo‘qligini ko‘rsatgan.

Endi Tayland sog‘liqni saqlash vazirligi olingan ma'lumotlarni tasdiqlash uchun tadqiqotning qo‘shimcha natijalarini kutmoqda.

Ayni vaqtda Tailandda koronavirus 19 kishida aniqlangan, sog‘ayib ketganlar soni 8 nafarga yetdi. Yana 382 kishi virusga chalinganlik gumoni bilan kuzatuv ostida qolmoqda.  

Avvalroq Shanxay farmakologiya instituti va Uxan virusologiya instituti olimlari Xitoy tabobatida qo‘llanuvchi Shuanghuanglian Koufuye nomli dori yangi koronavirusni to‘xtata olishini aniqlashgani ma'lum qilingandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top