Osiyo kubogi-2023 tobora özining qizğin pallasiga kirmoqda. Bugun, 30 yanvar kuni Özbekiston milliy jamoasi nimçorakfinal doirasida Tailandga qarşi saf tortadi. Uşbu raqib musobaqada darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan yagona jamoa sanaladi.

Saralaşdagi raqib

Özbekiston milliy jamoasi bugungi raqib – Tailand bilan sönggi öyinini 2022 yilning 14 iyun kuni Osiyo kubogi saralaşi doirasida Namanganda ötkazgan va 2:0 hisobida ğalaba qozonib, Qatardagi final bosqiçiga peşqadam sifatida yöllanma olgandi. Vodiyda ötgan saralaş öyinida Jaloliddin Maşaripov va Azizbek Turğunboyevning goli vakillarimizga ğalaba keltirgandi. Özbekiston guruh bosqiçida Şri-Lanka (3:0), Maldiv (4:0) va Tailandni (2:0) mağlub etgan holda Osiyo kubogiga yöllanma olgan bölsa, Tailand guruhda 6 oçko bilan 2-örinni egallab, turnirda iştirok etiş huquqini qölga kiritgandi.

Qatarda gol ötkazib yubormagan yagona jamoa

Tailand milliy jamoasi Osiyo kubogi-2023 turnirida F guruhidan örin olib, Saudiya Arabistoni (0:0), Ummon (0:0) va Qirğiziston (2:0) bilan bahslarda bir ğalaba va ikki durang qayd etgan holda guruhda Saudiyadan keyingi 2-örin bilan nimçorakfinal bosqiçiga yöllamani qölga kiritdi. E’tiborlisi, yaponiyalik murabbiy Masatada Isii boşqaruvidagi jamoa uşbu turnirda hozirça öz darvozasidan gol ötkazib yubormagan yagona jamoa bölib turibdi. Özbekiston bu borada turnirdagi birinçi jamoaga aylanişi mumkin.

Raqib jamoa himoyada ança tartibli öynay olişini Qirğiziston, Ummon va Saudiya Arabistoniga qarşi öyinlarda namoyiş etgan bölsa-da, hujumkorlik masalasida yetarliça muammolarga ega. Tailar qirğizlarga qarşi bahsda Jaydedning dubli evaziga ğalaba qozongaç, sönggi ikki bahsda Ummon va Saudiya darvozasiga yöl topa olişmadi.

Tarkiblar bahosi: Özbekiston Tailanddan qimmatroq

Özbekiston milliy jamoasi tarkibining nomdorligi jihatdan Tailanddan ustun. Buni Transfermarkt portalida ikki jamoa öyinçilarining qiymatini taqqoslab ham biliş mumkin. Xususan, Özbekiston milliy jamoasining umumiy qiymati 25,5 million yevroni taşki etsa, Tailand bu borada 10,05 narxga ega.