Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tailand hududlararo hamkorlikni rivojlantirmoqchi
O‘zbekiston bosh konsuli Faxriddin Sultonov Tailandning Krabi provinsiyasida bo‘ldi va gubernator Somchai Harnpakdeyepatima bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish va hududlararo munosabatlarni o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Tailand tomoniga mamlakatda xorijiy investorlar va xalqaro savdo uchun yanada qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida o‘zaro savdoni rivojlantirish, sayyohlarni jalb etish maqsadida ularga turli imtiyozlar taqdim etish bo‘yicha rejalar ta’kidlandi.
Krabi provinsiyasi gubernatori provinsiya va O‘zbekiston hududlari o‘rtasida barcha sohalarda, birinchi navbatda turizm va savdo yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Farg‘ona va Krabi o‘rtasida birodarlashgan viloyatlar to‘g‘risidagi memorandumni ishlab chiqish va imzolash, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish, provinsiya mutasaddilari va ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga tashrifini uyushtirish va boshqa jabhalarda o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
10:21 / 30.04.2026
Bedarak ketgan futbol jamoasi – g‘orda qamalib qolgan bolalar qanday qutqarilgandi?
10:39 / 24.04.2026
Dunyodagi opiy va geroin eng ko‘p tayyorlanadigan joy - giyohvand moddalar makoni bo‘lgan Oltin uchburchak
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
11:03 / 19.03.2026