Osiyo kubogi-2023 1/8 final
Özbekiston – Tailand – 2:1
Boş hakam: Nazmi Nasaruddin (Malayziya)
Gollar: Azizbek Turğunboyev 37, Abbosbek Fayzullayev 65 – Saraçat Supaçok 59.
Özbekiston – Yusupov, Eşmurodov, Aşurmatov, Husanov, Sayfiyev, Turğunboyev (Abdirahmatov, 82), Xamrobekov, Xolmatov, Örunov (Erkinov, 67), Fayzullayev (Boltaboyev, 90), Maşaripov (Iskanderov, 82).
Tailand – Hammai, Mikkelson, Hemvibun, Dola, Bunmatxan, Pumçantik (Promsrikayev, 73), Çarenrattanapirom (Saraçat, 46), Yuyyen (Çamratsami, 82), Kanitsribampen (Mueanta, 46), Pomphan (U-Tra, 82), Jayded.
Ogohlantiriş: Husanov (87).

Dohadagi «Al-Janub» öyingohida keçgan bahs oldidan jarohati sababli Igor Sergeyevning maydonga tuşmasligi aniq bölib ulgurgandi, uçraşuv arafasida esa yana bir öyinçi – Otabek Şukurov tumov sababli öyinni ötkazib yuborişi ma’lum qilindi.

Uçraşuvni hujumkor boşlagan vakillarimiz 37-daqiqaga kelib hisobni oçişdi. Şu kuni Şukurovning örniga maydon markazidan joy olgan Diyor Xolmatovning ajoyib uzatmasini Azizbek Turğunboyev çiroyli zarba bilan raqib darvozasiga kiritdi – 1:0. Bu Azizbekning turnirdagi ikkinçi goli bölib, Tailandning Qatarda ötkazib yuborgan ilk goliga aylandi.

Ikkinçi bölimni xotirjam boşlagan Sreçko Katanets şogirdlari 59-daqiqada jazolanişdi. Supaçokning jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasini Ötkir Yusupov qaytara olmadi – 1:1.

Goldan keyin yana hujumkorlikka e’tibor qaratgan vakillarimiz 65-daqiqada stadionni navbatdagi marta larzaga keltirişdi. Maşaripovning uzatmasini Abbosbek Fayzullayev jarima maydoni taşqarisidan raqib darvozasining uzoq burçagiga yölladi – 2:1.

Şu tariqa, Özbekiston milliy jamoasi qiyin ğalabaga erişib, çorakfinalga yöllanma olgan 5-jamoaga aylandi. Bungaça Avstraliya, Tojikiston, Iordaniya va Qatar 1/4 finalga çipta olgandi.

Özbekiston keyingi bosqiçda mezbon Qatarga qarşi maydonga tuşadi. Öyin 3 fevral kuni bölib ötadi.

Tailandga qarşi uçraşuvning sönggi daqiqalarida Abduqodir Husanov qöpolligi uçun hakam tomonidan ogohlantirildi va himoyadagi yetakçimiz Qatarga qarşi öynamaydigan böldi.