14:47 / 30.06.2020
40845

Moliya instituti rektori ishdan ketdi

Toshkent Moliya instituti rektori Ulug‘bek Azizov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, shu vaqtgacha institutda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimida ishlab kelgan Sultonali Mehmonovga institut rektori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgan.

U 2019 yil oktyabridan buyon Toshkent moliya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

2018 yil sentyabridan buyon oliy ta'lim muassasasiga rahbarlik qilib kelgan Ulug‘bek Azizov hozirda qaysi ishga o‘tgani haqida ma'lum qilinmadi.

Ulug‘bek Azizov
Mavzuga oid
Top