Uluğbek Azizov / Foto: Facebook / Ulugbek_Azizov

Oliy ta’lim vazirligi matbuot kotibining xabar berişiça, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Uluğbek Azizov hamda Buxoro muhandislik texnologiya institutining rektori Nusratullo Barakayev işdan olingan. 

Nusratullo Barakayev prezidentning 2019 yil mart oyi oxirida Buxoroga taşrifi doirasida işdan olingan Uluğbek Muhamedxanov örniga Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori etib tayinlangandi. 

Nusratullo Barakayev / Foto: daryo

Sotsiologiya fanlari böyiça falsafa doktori Uluğbek Azizov esa 2020 yilning avgust oyidan beri Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimida işlab kelayotgandi.