Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toşkent moliya instituti şahar markazidan Sergeli tumaniga köçirilişi mumkin.

Poytaxt hokimiyati matbuot xizmati mutaxassisi Gulnoza Qosimovaning Kun.uz söroviga javoban bergan ma’lumotiga köra, haqiqatan ham mas’ullarda şunday reja bor.

"Buning rejasi hozirça muhokamada, bunday [oliygoh binolari köçirilişi] ehtimol bor, lekin aniq qaror yöq hali.

Loyiha bor, tasdiqlanmagan. Men ham [bu loyihani] körmaganman, davlat rahbari tasdiğidan ötadigan loyiha ekan. Agar tasdiqlansa, albatta bölişamiz", — dedi u.

Ta’lim muassasalarini markazdan boşqa joyga köçiriş taklifini kim bergani va bunga ehtiyoj nimadan paydo bölgani haqidagi savollar oçiq qoldi.

Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Islom Karimov şoxköçasida, Moliya institutining boş binosi esa Amir Temir şoxköçasida joylaşgan. OTMlarning böşatiladigan binolari keyingi taqdiri ma’lum emas.