Sotsiologiya fanlari böyiça falsafa doktori Azizov Uluğbek Botiroviç Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Uluğbek Azizov 2016 yildan hozirga qadar ÖzDJTU huzuridagi Çet tillarini öqitişning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantiriş Respublika ilmiy-amaliy markazi direktori – prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

U bakalavriatni 2000 yilda şu universitetda tamomlagan. 2009 yilda Yaponiya Tsukuba universiteti magistraturasida tahsil olgan. 2015 yilda Germaniyaning Erfurt universitetida falsafa doktori (PhD) işini yoqlagan.

Eslatib ötamiz, ÖzDJTUning avvalgi rektori Ğanişer Rahimov şu yil aprel oyida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlangan edi.