10:09 / 04.08.2020
15157

Mirzo-Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan janjal haqida rasmiy ma'lumot berildi

Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 2-sonli IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruvi harakatlari olib borilmoqda.  

Joriy yilning 2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslarning o‘zaro janjali aks etgan videotasvir tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 1 avgust kuni “Darxon” mahallasida istiqomat qiluvchi 35 yoshli A.M. Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib,  unga, singlisi va ukasiga tan jarohati yetkazgan  shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mojaroning boshlanishiga 39 yoshli F.A. tomonidan ko‘chada o‘ynayotgan bolalarga, shu jumladan arizachining 12 yoshli qiziga shovqin qilmaslik yuzasidan berilgan tanbehi sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng qizning katta yoshdagi qarindoshlari va F.A.ning qarindoshlari o‘rtasida o‘zaro janjal boshlanib, voqea tan jarohati yetkazish bilan yakunlangan.  
 
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 2-sonli IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruvi harakatlari olib borilmoqda.  

Janjalning har bir ishtirokchisi qilmishiga huquqiy baho beriladi, deyiladi ma'lumotda.

Top