Örganişlar davomida aniqlanişiça, avvaldan mavjud kelişmovçiliklar sabab 2026 yil 7 yanvar kuni soat 09:00 lar atrofida Buxoro şahridagi «Favvoralar maydoni»ga yaqin hudud — M.Iqbol köçasida 2009 yilda Şofirkon tumanida tuğilgan voyaga yetmagan K.Z. hamda 2008 yilda Ğijduvon tumanida tuğilgan voyaga yetmagan B.O. örtasida janjal kelib çiqqan.

Janjalga 2005 yilda Ğijduvon tumanida tuğilgan N.Ş. hamda 2005 yilda Şofirkon tumanida tuğilgan T.S. ham faol iştirok etgani, ular voyaga yetmagan B.O. bilan birgalikda voyaga yetmagan K.Z.ga turli tan jarohatlari yetkazgani qayd etildi.

Ma’lum qilinişiça, mazkur holat janjalda iştirok etgan 2004 yilda Vobkent tumanida tuğilgan M.S. tomonidan videotasvirga olingan hamda 2008 yilda tuğilgan voyaga yetmagan B.O. tomonidan Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifasiga joylangan.

Şuningdek, tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida yuqorida qayd etilgan şaxslarning şunga öxşaş yana bir neçta janjalli holatlarga aloqadorligi aniqlangan. Barça holatlar böyiça qöşimça ma’lumotlar tekşiruv yakunlariga köra taqdim etiladi, deyiladi Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabarida.