10:16 / 18.11.2020
5926

G‘ozg‘onda toshni qayta ishlash bo‘yicha yirik klaster ishga tushirildi

Navoiy viloyatida yangi tashkil qilingan G‘ozg‘on shahrida «Marmarobod» deb nomlanuvchi tabiiy toshlarni qazib olish va qayta ishlash klasteri ish boshladi.

Foto: O‘zqurilishmateriallari

«O‘zqurilishmateriallari» uyushmasi xabariga ko‘ra, ushbu klaster yangi tashkil etilgan G‘ozg‘on shahri uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, shaharning barpo etilishi aynan mana shu yirik majmua qurilishidan boshlandi. Klasterdan asosiy maqsad ichki bozorni arzon va sifatli mahsulot bilan ta'minlashdan iborat. 

«Marmarobod» korxonasi klasterning asosiy bo‘g‘ini, ya'ni tabiiy toshlarni qazib olib, o‘zida qayta ishlash bilan birga boshqa korxonalarni ham xomashyo bilan ta'minlovchi korxona hisoblanadi. Korxona hududida maydoni 11 000 kv.m. bo‘lgan zamonaviy ishlab chiqarish binosi qurib bitkazildi hamda xorijdan zamonaviy uskunalar olib kelib o‘rnatildi.

Ushbu uskunalarning yillik quvvati 70 ming kub tosh qazib olish va 800 ming kv. metr toshni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Zavod ishga tushishi natijasida dastlabki bosqichda G‘ozg‘onlik mahalliy yoshlar uchun 400 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, qolgan loyihalar ishga tushganda ish o‘rinlari soni 800taga yetkaziladi. 

Top