— Yangi farmon böyiça nimalar özgaradi endi?
Soatmurod Qulmirzayev (Qişloq xöjaligi vazirligi departament boşliği): — Bundan 2 yil oldin ğalla yetiştirişda ham erkin bozor munosabatlari joriy qilingandi, fermerlar ortiqça yetiştirgan donini birjada sotişi mumkin böldi. Şu tizim samaradorligi, fermerlar uçun daromadli ekanini körsatdi, şuning uçun paxtaçilikda şu tizimni joriy qilişga qaror qilindi.
Ğallaçilikda erkin bozor joriy qilingaç, birinçi yil fermerlar 300 ming tonna buğdoy sotdi, bu yil esa 1 mln tonnadan oşdi. Endi paxtaçilik tarmoğida şunday böladi, degan xulosa bilan şu farmon tayyorlandi. 2024 yildan boşlab fermerlar özlari yetiştirgan paxtani birja orqali eng yuqori narx taklif qilgan öz viloyatidagi istalgan klasterga sotişi mumkin. Endi xomaşyo xarid qilişda raqobat paydo böladi. Bundan taşqari, fermerlar şartnomadan taşqari ortiqça yetiştirgan yoki öz mablaği hisobiga yetiştirgan paxtani birja orqali erkin sotişi ham mumkin, uni istalgan odam sotib olişi mumkin. Çeklov yöq bunda. Endi fermerlar hosildorlikni oşirişga intiladi, işiga ilmiy yondaşadi.
Klasterlar uçun ham xomaşyo sotib olişda xomaşyo narxining 80 foizigaça imtiyozli kredit beriladigan böldi. Endi klasterlar mahsulot işlab çiqarişdan uni çuqur qayta işlab çiqarişga ötadi, asosiy urğuni ekport qiliş, mahsulotini sotişga qaratadi. Ya’ni fermer ham, klaster ham öz işini qiladi.
Sunnattilla Raşidov (Qişloq xöjaligi vazirligi boşqarma boşliği): — Bu farmon orqali fermer va klasterga teng huquqli, adolatli şaroit yaratilyapti. Klasterga xarid uçun imtiyozli kredit berilişi ham fermer foydasiga böladi aslida. Klasterlar 3 kun içida xarid qilgan paxtasiga pul tölab berişi kerak, yangi mexanizm bu. Fermer paxtani klasterga topşirayotganda avtomatlaşgan elektron tarozidan ötkazadi, bu tarozi barça organlar tizimiga ulangan böladi. Onlayn tarzda topşirilgan paxta ma’lumotlari kiritiladi va öşa vaqtdan 3 iş kuni içida fermerga pul tölanişi kerak. Kredit berşda ham, bu tizimda ham fermerlar manfaati turibdi. Umuman, klasterga ham, fermerga ham katta imkoniyat berilyapti, faqat töğri foydalanilsa böldi.
Endi klasterlar böyiça ham samaradorlik reytingi yuritiladi. Bu ham onlayn ravişda alohida platformada böladi. Bu amaliyot fermerlar qaysi klaster bilan işlaşini tanlaşga yordam beradi: qaysi klaster körsatkiçlari yaxşi, moliyaviy imkoniyatlari yuqori – bularni körib, xulosa qilib, şartnoma qilişlari mumkin böladi. Klasterlar ham platforma orqali özining faoliyatini nazorat qilib, qaysi yönalişda yaxşi, qaysida oqsayotganini bilib boradi, şunga köra harakat qiladi. Bundan taşqari, yakuniy hisob-kitoblar, tannarxlari ham körinadi va şunga qarab iş köradi, kerak bölsa mutaxassislar jalb qiladi, ilmiy yondaşuvni oşiradi. Bu platforma orqali xorijiy investorlar ham klasterlarni kuzatişi, yaxşi klasterni tanlaşi mumkin böladi. Umuman, inson omili kamaytiriladi bu platforma orqali, barça aloqador tizimlar bilan integratsiya ham qilinyapti. Ma’lumotlar har kuni yangilanib boradi!
Bundan taşqari, klasterlar xalqaro brendlarni jalb qilişi, qayta işlaş quvvatini oşiriş uçun moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari joriy qilinadi. 2024 yil davomida bunga bosqiçma-bosqiç ötib boriladi. Klasterlar xalqaro nufuzli audit taşkilotlarini jalb qilib, öz moliyaviy holatini auditdan ötkazadi.
Fermerlar iloji boriça paxta tannarxini pasaytirişga harakat qiladi endi, çunki yaxşi daromad oliş mumkin böladi bu orqali. Yaxşi daromad bilan esa kredilarni tezroq va osonroq yopişi mumkin. Hosildorlikni oşirişga intilgan fermerlar endi olimlar, mutaxassislar bilan işlaydi, ilmiylik kiritadi faoliyatiga. Iş yuritiş darajasi ösadi.
Kamoliddin Ikromov (fermer, fermerçilik harakati faoli): — Özi butun dunyoda şunday tizim işlaydi, Özbekistonda şu paytgaça işlab kelayotgan tizimdan kelib çiqsak, yaxşi yuriş böldi bu. Lönda qilib aytganda, bu farmon hukumat doirasidagi reformatorlarimizning ğalabasi desa böladi.
Endi fermer erkin böladi, istasa mahsulotni öz mablağiga yetiştirib, özi qayta işlab, sotişi ham mumkin. Istasa, kooperativlar bilan işlaydi, xohlagan odamiga sotadi.
Klasterlar bilan şartnoma qiliş şartmi, degan savol ham bölyapti fermerlarda. Hukumatni ham tuşuniş kerak, çunki klaster tizimiga bir neça milliard dollar tikilgan, lekin bu mablağ hali qaytmadi. Şuning uçun qaytişini tezlaştiriş uçun şunday işlar qilinyapti. Fermerlar uçun yaxşi böldi bu, albatta, lekin ayrim fermerlar hali buning ahamiyatini tuşunmagan bölişi mumkin, buğdoy masalasida ham şunday bölgandi boşida. Yangi farmon qişloq xöjaligi sohasini yanada östirişiga işonamiz.
Soatmurod Qulmirzayev: — 2024 yildan boşlab imtiyozli kreditlar fermerlarning öz hisob raqamiga ötkaziladi, ularni ixtiyoriy işlatadi, heç kim aralaşmaydi bunga. Hatto birjada ham fermerlar sotib olişi uçun qulay tarzda kiçik lotlar yaratildi, fermer bemalol öğitni, yoqilğini istalgan miqdorida sotib olişi mumkin.
— Farmonda majburiyatni bajarmagan fermerlarga nisbatan jazo çoralari aytilgan, lekin klasterlarga nisbatan bunday gap yöq. Şunga ham izoh bersangizlar.
Soatmurod Qulmirzayev: — Klasterlar bilan tuziladigan 3 tomonlama şartnomada klaster majburiyatlari fermernikidan kam emas.
Kamoliddin Ikromov: — Jazo çoralari qöllaş borasida komissiya tuzilişi aytilgan. Bu komissiya oldin örganadi, sabablarni köradi. Ya’ni fermer birdan javobgarlikka tortilmaydi, şunga asos bölsa, javobgarlik böladi. Har holda men şunday tuşunyapman, şunga umid qilamiz.
Taklifim ham bor şu örinda. Fermerlarning askariyatida qarzdorlik tomçilatib suğoriş tizimini örnatiş ortidan kelib çiqqan. Bunda klasterlar fermerlarga kafil bölgan. Klasterlar ham biz kafil bölganmiz, endi kim tölaydi, degan savol qöyyapti. Taklifimiz şuki, prezidentimiz issiqxona kreditlarini 15 yilga çözib berdi, şu kabi bu kreditlarni ham çözib beriş kerak deb öylayman. Şunda fermerlar yangi tizimda işlab ketişi osonroq böladi. Inobatga olişsa, yaxşi bölar edi.
Bundan taşqari, fermerlarning soliqdan xam qarzlari bor. Soğliqni ham muzlatiş yoki bölib tölaş imkoni berilsa, yangi tizim işlab ketişi yana ham tezlaşgan bölardi.
— Tomçilatib suğoriş tizimi örnatişda raqobat bormi özi, monopoliya emasmi?
Soatmurod Qulmirzayev: — Raqobat bor, albatta. Tomçilatib suğoriş tizimini örnatuvçi kompaniyalar röyxati şakllantirilgan, fermerlarda tanlaş imkoniyati bor.
Kamoliddin Ikromov: — Ba’zi hududlarda ayrim mutassaddilar tomçilatib suğoriş tizimini örnatişga aralaşar edi, ammo yangi farmon bilan bunga ham çek qöyilyapti.
— Bir neça örinda “ştab”, “nazorat” degan sözlar bilan tuzilgan jumlalar bor farmonda. Ma’muriy aralaşuvga olib kelmaydimi bu?
Soatmurod Qulmirzayev: — Respublika darajasida ştab tuzilyapti. Bu ştabning vazifasi – farmon ijrosini nazorat qiliş, ta’minlaş. Umuman olganda, farmon işlab ketişida fermerlarga, tegişli taşkilotlarga kömaklaşiş maqsadida tuzilgan.
Nazorat qiliş masalasiga kelsak, Qişloq xöjaligi vazirligi qoşidagi Agroinspeksiya tomonidan çigit ekilgandan hosil olinib sotilgunça nazorat monitoringi yuritiladi, bu ham fermerga yordam beriş uçun. Daladagi holatlar va şu kabilarni monitoring qiladi va ilmiy tadqiqotlar institutlaridan yordam olinadi. Fermer ustidan nazorat nazarda tutilmagan, balki jarayon ustidan nazorat böladi.
— Mahalliy xokimliklar aralaşuvi, majlislar – bular bizning fermerlarni qiynaydigan doimiy muammolar. Bu farmon bilan nima özgaradi bu borda?
Sunnattilla Raşidov: — Fermer öz puliga yoki öziga berilgan kredit asosida faoliyat olib borsa, bu yerda öz-özidan hokimiyat aralaşuvi yöqoladi. Fermerga töliq erkinlik berilyapti, aynan farmon bilan belgilandi bu. Fermer öz işini, majburiyatlarini bajarsa, unga heç kim bosim ham qilmaydi, yölini tösmaydi.
Ilgari fermerlar öz hududidagi klasterga boğlab qöyilib, unga qaram qilib qöyilgandi. Bundan keyin fermer heç kimga qaram emas. Endi u heç qanday majburlovlarsiz öz daromadini oşiriş uçun ham hosildorlikni köpaytirişga harakat qiladi.
Hozirgi kunda fermerlarda juda köp savollar paydo bölyapti: özimning pulimga yetiştirsam, özim sotamanmi, qayerda sotaman, qayerda saqlayman... Sotişda ham, saqlaşda ham erkinlik berilyapti, bemalol bir neçta fermerlar birikib, saqlaydigan joy qilib saqlaşaversin, faqat me’yoriy talablarga javob beruvçi şaroitda.
Bundan taşqari, fermerlar klasterlarning yoki boşqa birovning zovodlarini ijaraga olib, paxtasini qayta işlab sotişlari ham mumkin. Şu tarzda bosqiçma-bosqiç bozor munosabatlariga ötib borilyapti. Ğallada, meva-sabzavotçilikda bunga ötdik, endi paxtaçilikda şunday böladi.
Avvalida töliq tuşunmasliklar bölişi mumkin. Lekin biz tuşuntiriş işlarini olib boryapmiz. Fermerlar qanday sotiş, qanday saqlaşni, raqamlaştirişni örgatişga harakat qilyapmiz. Agroplatforma'da fermerlar bemalol faoliyatini raqamlaştirib, şartnomalarni onlayn tuzişlari, kredit olişlari mumkin. Ortiqça ovoragarçilikdan xolos qiladi bu.
Kamoliddin Ikromov: — Agroplatforma hokimlik aralaşuvlarini ham töxtatadi. Oldindan bu böyiça taklif berib kelardik biz, hozir bu böyiça vazirlik yaxşi işlayapti.
Ekin maydonlari platformaga kiritilgaç, öğit, uruğ, yoqilği sarfi hisob-kitoblari aniq çiqadi. Bundan taşqari, oziq-ovqat xavfsizligini ham bu platforma orqali nazorat qiliş mumkin. Ya’ni qança maydonga qanaqa ekin ekilyapti, qaysini qisqartirib, qaysini köpaytiriş kerak – bularni bemalol nazorat qilib borsa böladi.
Farmonda çet el tajribasini örganib joriy qiliş xam közda tutilgan. Bu narsa ham muhim deb bilaman, farmonning yana bir yaxşi tomoni.
Soatmurod Qulmirzayev: — Farmorda belgilanyaptiki, paxta ekiladigan maydonlar Agroplatforma'ga joylaştiriladi. Bu amalga oşadigan bölsa, xokimliklarning ekin ekiladigan maydonlarni belgilaşdagi aralaşuvi kamayadi. Va yana bir narsa, fermerlar qayerda qança ekin ekilayotganini körib, qaysi ekin yetişmasligini hisoblab, öşa ekinni ekişlari mumkin böladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda turliça talqinlar bildirilişi kerak, bu biz uçuam, mutaxassislar uçun kerak. Masalan, özingiz ham vazirlikka kelganingizda moliyalaştirişni fermerning öziga topşiriş kerak deb, taklifingizni aytgandingiz. Mana endi bu takliflar farmonga aylandi. Yangi bosqiç uçun ham loyiha tayyorlayapmiz, şuning uçun fikrlar muhim hisoblanadi.
Endi fermerlar klasterdan qarz bölib qolmaydi. Klasterlarni kreditlaş tizimi ham hozirgi bosqiçda kerak. Çunki klasterlar investitsiyasining katta qismini qayta işlaşga sarflayapti. Şuning uçun yetiştiriş va xarid qilişni qöllaş kerak böladi, şunda qayta işlaş jarayoni rivojlanadi. Şu sababli mexanizm töliq işga tuşib ketgunça bir neça yil fermerlar va klasterlarga imtiyozli kreditlar beriş siyosatini amalga oşiriş kerak deb öylayman.
Aytganimdek, har qanday fikrlarni töğri qabul qilamiz, takliflarni örganamiz va keyingi tayyorlanadigan hujjatlarda ulardan foydalanamiz.
Şokir Şaripov suhbatlaşdi.











