Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ipoteka-bank»da xizmat ko‘rsatilayotgan ayrim klasterlarning qarzdorligi boshqa banklarga o‘tkaziladi
“Ipoteka-bank” ATIBda xizmat ko‘rsatilayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlarini keyingi moliyalashtirish boshqa banklar orqali amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining “Ipoteka-bank” ATIBni xususiylashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi bilan “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir moliyalashtirish xarajatlarini uzluksizligini ta’minlash maqsadida, Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining “Ipoteka-bank” ATIBda xizmat ko‘rsatilayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlarining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi resurslari hisobidan ajratilgan kredit qarzdorliklari boshqa banklarga o‘tkaziladi.
“Ipoteka-bank” ATIBda xizmat ko‘rsatilayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlarini keyingi moliyalashtirish boshqa banklar orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlarini keyingi moliyalashtirish uchun boshqa banklarga kredit liniyalari ochishga ruxsat berilmoqda.
Mavzuga oid
10:45 / 12.05.2026
Fermerlar uchun dizel yonilg‘isi bo‘yicha subsidiya joriy etildi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
22:47 / 14.01.2026
Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarishning klaster tizimi joriy etiladi
09:42 / 31.12.2025