Agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bağişlangan yiğilişda sohada hisob-kitob intizomida ham kamçiliklar borligi aytildi.

Qayd etilişiça, klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali töliq tölanmagan. Yangi tizimga köra, oldingi qarzini 1 aprelgaça yopmagan klaster bilan fyuçers şartnomasi bekor qilinadi va fermerga paxtani birjada sotişga ruxsat beriladi.

Ma’lumotni elektron platformaga töliq kiritgan va fyuçers şartnoma imzolagan fermerga kredit köpi bilan uç kun içida ajratilişi şartligi ta’kidlandi.

Şuningdek, bu yil 127 ming gektarda tuproq unumdorligini oşiriş va 677 ming gektar yaylovlarni degradatsiyadan çiqariş böyiça yangi dastur amalga oşiriladi.

Yiğilişda joriy yilda boğ, tokzor, sabzavot, poliz, ozuqa ekini va issiqxonadan iborat 1,8 mln gektar yerlarni ham töliq raqamlaştirişga topşiriq berildi. Uşbu yerlarda ekinlar joylaşuvi, vegetatsiya jarayoni, hosildorligi, mineral öğit sarfi “Agroplatforma”da yuritiladi.