08:11 / 17.03.2021
11764

Klasterlar sohasidagi tizimli muammolar aytildi. Ulardan biri - fermerlarning majburiy tartibda biriktirilishi

Vazirlar Mahkamasining “Agrosanoat klasterlari maqomi va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 345ta agrosanoat klasterlari mavjud bo‘lib, ularga jami 1 mln 201 ming gektar yer maydonlari biriktirib berilgan.

Ma'lum qilinishicha:

  • paxta-to‘qimachilik klasterlari - 97ta, biriktirilgan yer maydoni 927 068 gektar;
  • g‘allachilik klasterlari 77ta, biriktirilgan yer maydoni 142 800 gektar;
  • meva-sabzavotchilik klasterlari 147ta, biriktirilgan yer maydoni 122 394 gektar;
  • sholichilik klasterlari 16ta, biriktirilgan yer maydoni 8 060 gektar;
  • boshqa klasterlari 8ta, biriktirilgan yer maydoni 1 150 gektar.

Ta'kidlanishicha, amalda faoliyat yuritayotgan klasterlar tahlili sohada quyidagi tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatgan:

  • sohani tartibga soluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat mavjud emas;
  • klasterlar huquqiy maqomi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilmagan;
  • klasterlar tashkil etish, ularni tanlab olish mezonlari, shuningdek, ularga yerlarni ajratishning yagona va shaffof mexanizmlari mavjud emas;
  • fermerlarning klasterlarga majburiy tartibda biriktirilishi natijasida noteng shartnomaviy munosabatlar shakllangan, fermerlarda o‘z mahsulotlarini sotishda xaridorni tanlash imkoniyati mavjud emas;
  • klasterlar yerlarini olib qo‘yish va faoliyatini tugatish, fermerlar bilan tuzgan shartnomalarini bekor qilish qonunchilikka zid ma'muriy usullar orqali hal etilmoqda;
  • klasterlar majburiyatlari bajarilishi va investitsiya loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish mexanizmi mavjud emas;
  • investitsion majburiyatlar bajarilmasligi orqali yerlari olib qo‘yilishi natijasida yerga amalda kiritilgan investitsiyani qaytarishda yuzaga keladigan muammolar yechimi mavjud emas;
  • klaster maqomini olganlik uchun tadbirkorlarni rag‘batlantirish mexanizmlari mavjud emas, masalan, soliq imtiyozlari yoki davlat budjeti mablag‘lari hisobidan muhandislik-kommunikatsiya obektlarini o‘rnatish yoxud yerlarni ajratish;
  • amaldagi qonunchilikda mavjud klasterlar uchun yagona soliq imtiyozlari mavjud emas.

Qaror loyihasida agrosanoat klasterlari maqomi va ular faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

Top